Yoshlarimizni zamonaviy ta’lim-tarbiya olish, kasb-hunar egallashi, o‘ziga munosib ish topib, farovon hayot kechirishi biz uchun katta faxr bag‘ishlaydi.

Yoshlarimizni zamonaviy ta’lim-tarbiya olish, kasb-hunar egallashi, o‘ziga munosib ish topib, farovon hayot kechirishi biz uchun katta faxr bag‘ishlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilarning huquqlarini ximoya qilish qo‘mitasiga biriktirilgan mahalladagi og‘ir toifadagi yoshlar bilan tizimli ishlash davom etmoqda. 1-Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va foydali o‘tkazish. 2- Qo‘shimcha kasb-hunagar o‘rgatish. 3. Chet tillarni o‘rganishi uchun o‘quv…

REKLAMA QONUNCHILIGI TALABLARI BUZILISHI YUZASIDAN BIR NECHA TELEKANALLARGA NISBATAN TEGISHLI CHORALAR KO‘RILDI

Xabaringiz bor, Raqobat qo‘mitasi telekanallarni reklamaga oid o‘z faoliyatini amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib muvofiqlashtirish va qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha OGOHLANTIRGAN (https://t.me/RaqobatGovUz/9075) edi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda bir qator telekanallar tomonidan taqdim etilayotgan reklamalar hajmi ko‘pligi, reklama roliklari efiri uzoq vaqt davom etishi yuzasidan qoldirilgan murojaatlar keskin muhokamalarga va keng jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Bu borada…

FUQARODAN SAVOL: Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan taqdirda qanday oqibatlar yuzaga kelishi mumkin?

JAVOB: Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yuridik shaxslarning birlashmalari va ularning mansabdor shaxslari hamda boshqa jismoniy shaxslar raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan taqdirda: vakolatli davlat organining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasini belgilangan muddatda bajarishi yoki taqdimnomasini ko‘rib chiqishi; etkazilgan zararning o‘rnini qoplashi; asossiz ravishda olingan daromadni qaytarishi;…

Tasdiqlangan grafikka asosan hududlarda tovar xomashyo birja ishtirokchilarini yangi savdo instrumentlari, monopoliyaga qarshi komplayens tizimi hamda davlat xaridlarini amalga oshirishda raqobat qonunchiligi talablari bo‘yicha malaka oshirish bo‘yicha o‘quv seminarlari davom etmoqda

Joriy yilning 7-noyabr kuni Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatida “Tovar xom ashyo birja ishtirokchilarini yangi savdo instrumentlari hamda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi” mavzusida o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi. Mazkur malaka oshirish kursida, tovar xom ashyo birja ishtirokchilariga (broker, treyder) raqamli iqtisodiyot,…

BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALAR REKLAMARIDAGI SOG‘LIQQA XAVF SOLUVCHI, CHALG‘ITUVCHI MA’LUMOTLARGA CHEK QO‘YILMOQDA

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali biologik faol qo‘shimchalar (BFQ), oziq-ovqat qo‘shimchalari va turli ozdiruvchi yoki semirtiruvchi preparatlarning reklama materiallari ortib bormoqda. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi reklama materiallarining qonun xujjatlariga muvofiqligini muntazam monitoring qilinmoqda. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 2205 ta…

«O‘zgaruvchan global iqtisodiyotda muvofiqlik va shaffoflikni boshqarish” mavzusidagi davra suhbati

Joriy yilning 7-noyabr kuni Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev O‘zbekistonda Yevropa iqtisodiyot kuni munosabati bilan EUROUZ hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “O‘zgaruvchan global iqtisodiyotda muvofiqlik va shaffoflikni boshqarish” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi. Mazkur davra suhbatida, xalqaro nufuzli tashkilotlarning vakillari va boshqa xalqaro ekspertlar ishtirok etib, o‘zlarining iqtisodiyotda muvofiqlik va…

TADBIRKORLARGA TABIIY GAZ BO‘YICHA HISOBLANGAN ASOSSIZ 3,7 MLRD SO‘MGA YAQIN MABLAG‘LAR QAYTA HISOB-KITOB QILINISHI TA’MINLANDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Jizzax viloyatida tog‘-kon hamda avtomobillarga yoqilg‘i quyish faoliyatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari “HUDUDGAZTA’MINOT” AJ va uning “HUDUDGAZ JIZZAX” gaz ta’minoti filiali tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanganligidan norozi bo‘lib, Qo‘mitaning hududiy boshqarmasiga murojaatlar qoldirgan. Mazkur murojaatlar yuzasidan Qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan…

RESPUBLIKA TOVAR-XOM ASHYO BIRJASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Joriy yil 6-noyabr kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, Energetika vazirligi hamda O‘zenergoinspeksiya bilan birgalikda suyultirilgan gaz savdolari bo‘yicha birja ishtirokchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazildi. Unda suyultirilgan gaz mahsulotining birja savdolariga qo‘yilishi hamda realizatsiyasi shuningdek, xaridorlarga yetkazib berish…

RAQOBATNI BUZADIGAN IMTIYOZLAR BEKOR QILINMOQDA

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan raqobatni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar sifatli tovar va xizmatlarni ta’minlaydigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Bu haqda xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida o‘tkazilgan tadbirlarning birida Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev batafsil to‘xtalib o‘tdi.

DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORXONALARNI TASHKIL ETISHDA OLDINDAN ROZILIK OLMAGAN TASHKILOTLARGA NISBATAN TEGISHLI TA’SIR CHORALARI KO‘RILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yilning III-choragi davomida iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish bo‘yicha davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olinganligi masalalari yuzasidan monitoring ishlari olib borildi. Olib borilgan o‘rganish ishlari davomida, 4 ta holatda davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etgan Andijon viloyati Oltinko‘l tuman hokimligi; Toshkent…