O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 28 fevraldagi «Iqtisodiyotda raqobatni rivojlantirish va xususiy sektorning rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni (PF-35-son) qabul qilindi.
Farmon bilan eksklyuziv huquq tushunchasi kiritilmoqda;
Korxonalarga muayyan tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish (ko‘rsatish) yoki realizatsiya qilish yoxud sotib olish uchun qonunchilik hujjatlari bilan istisno tariqasida (yakka tartib) berilgan ruxsatnoma (litsenziya) asosida taqdim etilgan mutlaq huquq.
Berilgan mutlaq huquq eksklyuziv huquq sifatida tan olinadi, agar u quyidagi asoslarda taqdim etilgan bo‘lsa:
qonunchilik hujjatlariga bilan istisno tarzida berilgan ruxsat (huquq);
umumiy tartibdan tashqari ravishda taqdim etilgan yakka tartibdagi litsenziya (ruxsatnoma).
Shu bilan birga, tanlov (tender) asosida berilgan litsenziyalar (ruxsatnomalar) eksklyuziv huquq sifatida hisoblanmaydi.
2025 yil 1 apreldan boshlab, eksklyuziv huquq xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qonunlar va Prezident farmonlari asosida faqat 3 yilgacha bo‘lgan muddatga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, O‘zbekiston mudofaa qobiliyatini, davlat va jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash;
tabiiy ofatlar, halokatlar va epidemiyalarga qarshi choralar ko‘rish va ularning oqibatlarini bartaraf etish.
Raqobat qo‘mitasi vakolatli davlat organi sifatida mazkur yo‘nalishdagi faoliyatini izchil davom ettiradi.