O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda raqobatni rivojlantirish va xususiy sektorning rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-35-sonli Farmoni bilan
eksklyuziv huquqlar berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reyestriga kirgan korxonalarga oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi miqdoridan qat’i nazar quyidagi talablar qo‘llaniladi:
iste’molchilarning tovarni olishga bo‘lgan huquqlarini kamsitmaslik;
kamsituvchi shart-sharoitlarni belgilamaslik;
shartnoma tuzishni asossiz ravishda rad etmaslik;
iste’molchilardan belgilangan narxdan ortiq haq olmaslik.
Ushbu talablarning eksklyuziv huquqlar berilgan korxonalar tomonidan buzilishi ularga nisbatan ma’muriy va moliyaviy javobgarlik choralarining qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.