O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli qarori ijrosi yuzasidan 23-may kuni Samarqand viloyati Ishga marhamat monomarkazida tadbirkor ayollar bilan uchrashuv-muloqot tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Raqobat qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy boshqarmasi, viloyat hokimligi hamda hududdagi tashkilotlarning mas’ullari ishtirokidagi ushbu uchrashuv davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish kabi masalalar ko‘rildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda xotin-qizlar savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi. Viloyatdagi tadbirkor ayollarning faoliyatida yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan masʼullarga topshiriq berildi.