Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari hamda internet tarmoqlarida joylashtirilgan reklama materiallarining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, turoperatorlar tomonidan «Umra» tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid berilgan reklamalar o‘rganildi.
Natijada Qo‘mitaning Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan jami 6 ta — «Hamroh Tour», «Kabadoshlarim», «Yuksak Trevel», «Murabbiy Travel», «Hikmat Travel» va «Infin Tour» Instagram hamda Telegram sahifalari ma’murlari tomonidan joylashtirilgan reklamalarda ham qonunchilik talablari buzilgani aniqlandi hamda mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Mazkur o‘rganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan reklama axborotlarining qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.








