Raqobat qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan davlat xaridlari sohasida amalga oshirilgan monitoring va kelib tushgan murojaatlarni o‘rganishlar natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ta’sir choralari ko‘rib kelinmoqda.
Xususan:
Andijon viloyati
Andijon viloyati bolalar ftiziatriya shifoxonasining 1 ta 500 mln so‘mlik;
Bo‘ston tuman tibbiyot birlashmasining 3 ta 1,2 mlrd so‘mga yaqin;
Buxoro viloyati
Kogon tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasining 2 ta 260 mln so‘mga yaqin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Sport vazirligi huzuridagi Nukus shahar kurash mahorati maktabining 1 ta 530 mln so‘mlik;
Qoraqalpog‘iston Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining 1 ta 900 mln so‘mlik;
Farg‘ona viloyati
O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining Rishton tuman bo‘limining 15 ta 300 mln so‘mga yaqin;
Jizzax viloyati
Arnasoy tuman Suv yetkazib berish xizmatining 4 ta 400 mln so‘mga yaqin;
Jizzax viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining 2 ta 300 mln so‘mga yaqin;
Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 5 ta 50 mln so‘mdan ortiq;
Baxmal tuman hokimligining 2 ta 200 mln so‘mdan ortiq;
Zarbdor tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 1 ta 110 mln so‘mlik;
G‘allaorol tuman Tibbiyot birlashmasining 1 ta 400 mln so‘mga yaqin;
Janubiy Mirzacho‘l magistral kanali boshqarmasining 10 ta 900 mln so‘mga yaqin;
Jizzax davlat pedagogiga instituti qoshidagi akademik litseyining 1 ta 750 mln so‘mlik;
Namangan viloyati
Respublika ftiziatriya va pulmonologiya tibbiy reabilitatsiya markazi” DMining 1 ta 2,5 mlrd so‘mga yaqin;
Navoiy viloyati
Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasining 1 ta 250 mln so‘mga yaqin;
Samarqand viloyati
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Oqdaryo tuman bo‘limining 2 ta 800 mln so‘mga yaqin;
Kattaqo‘rg‘on tuman obodonlashtirish boshqarmasining 1 ta 200 mln so‘mga yaqin;
“Samarqand xalqaro aeroporti” MCHJ tomonidan o‘tkazilgan 1 ta 1 mlrd so‘mdan ortiq;
Sirdaryo viloyati
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Sirdaryo viloyati bo‘linmasining 2 ta 430 mln so‘mlik;
Xorazm viloyati
Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining 45 ta 1,3 mlrd so‘mga yaqin;
Urganch tumani tibbiyot birlashmasining 1 ta 50 mln so‘mga yaqin;
Toshkent viloyati
Toshkent ko‘chatchilikka ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligining 3 ta 380 mln so‘mlik;
Saksonota davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasining 2 ta 1,3 mlrd so‘mdan ortiq;
Toshkent shahar
ATB “Mikrokreditbank” tomonidan o‘tkazilgan 2 ta 2,8 mlrd so‘mga yaqin.
Eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarini o‘rganish natijasida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.
Yuqoridagilarga muvofiq, Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Davlat xaridlari sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash va barcha ishtirokchilar uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish Raqobat qo‘mitasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Aniqlangan qonunbuzilishlarning oldi olinishi davlat mablag‘larining samarali va shaffof sarflanishini ta’minlaydi, shu bilan birga tadbirkorlar uchun ochiq va adolatli raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.








