PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI

#yoshlar_siyosati PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlar siyosatiga alohida e’tibor qaratilib, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasida izchil va samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Raqobat qo‘mitasi raisi H. Turaxujayev boshchiligida Bo‘ka tumanida yoshlar…

9 aprel — Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan Raqobat qo‘mitasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi

9 aprel — Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan Raqobat qo‘mitasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbir doirasida poytaxtimizdagi Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘yilib, buyuk sarkarda xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi. Shuningdek, qo‘mita xodimlari uchun Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif tashkil qilinib, Temuriylar davri tarixi, davlatchilik an’analari va buyuk ajdodlarimizning boy merosi bilan yaqindan tanishildi.…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyatining Angren, Ohangaron, Olmaliq va Nurafshon shaharlarida iftorlik tadbirlari tashkil etildi. Tadbirlar doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi nuroniylar, xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun fayzli iftorlik dasturxonlari…

Qo‘mitada sport tadbirlari davom etmoqda

Qo‘mitada sport tadbirlari davom etmoqda. Raqobat qo‘mitasining tizim tashkilotlari va markaziy apparat xodimlari jamoaviy sport turlari bilan shug‘ullanishni davom etmoqda. Xususan, Joriy yilning o‘tgan 17-mart kuni Navro‘z bayrami munosabati Rais kubogi nomi ostida Shaxmat, Shashka va stol-tennisi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi va g‘oliblar munosib tarzda taqdirlantirildi. Ushbu musobaqalari Qo‘mitaning kasaba uyushmasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va doimiy tarzda…

Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi

Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hasharida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tizim tashkilotlari va hududiy organlarining xodimlari ham ishtirok etdi. Jarayonlardan fotolavhalar

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida hashar o‘tkazildi

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida hashar o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq joriy yilning 13-14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hasharlari o‘tkazilmoqda. Ushbu umumxalq hashari doirasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari tomonidan ham hashar o‘tkazildi. Tadbir davomida qo‘mita binosi atrofi va…

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

Hurmatli yurtdoshlar! Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan chin dildan tabriklaydi. Vatanimizning mustahkam qalqoni bo‘lib xizmat qilayotgan barcha himoyachilarimizdan chuqur minnatdormiz. Sizning mardlik va fidoyiligingiz tufayli yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi bardavom. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va zafarlar tilaymiz! Yurtga sadoqatingiz doimo…

«Yashil makon» umummilliy dasturi doirasida keng miqyosda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish tadbirlari o‘tkazilmoqda

«Yashil makon» umummilliy dasturi doirasida keng miqyosda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish tadbirlari o‘tkazilmoqda Raqobat qo‘mitasi va uning tizim tashkiloti hamda hududiy organlari tomonidan «Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili» davlat dasturi qo‘llab-quvvatlanmoqda va ko‘kalamzor hududlarni ko‘paytirish borasida shahar va tumanlarda ko‘plab ishlar olib borilmoqda. 🌳 Jumladan, Raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing…

13 noyabr — Butunjahon sifat kuni

13 noyabr — Butunjahon sifat kuni Sifat – bu faqat mahsulot yoki xizmat emas, balki bizning kunlik hayotimizda ishonch, xavfsizlik va barqarorlikning kafolatidir. Bugun sifatga intilish nafaqat iste’molchilar, balki ishlab chiqaruvchilar uchun ham umumiy vazifa ekanligini eslatib o‘tamiz. Sifatga intilish – yaxshiroq kelajak sari qadamdir. Butunjahon sifat kuni bilan!