9 aprel — Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan Raqobat qo‘mitasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir doirasida poytaxtimizdagi Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘yilib, buyuk sarkarda xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi.
Shuningdek, qo‘mita xodimlari uchun Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif tashkil qilinib, Temuriylar davri tarixi, davlatchilik an’analari va buyuk ajdodlarimizning boy merosi bilan yaqindan tanishildi.
Bunday tadbirlar milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini mustahkamlash, yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirishga xizmat qiladi.








