AZIZ VATANDOSHLAR!

Sizni sharqona Yangi yil – Navro’zi Ayyom bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Navròz bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bòlib òtdi. Qòmita ayollari tomonidan milliy liboslarda milliy taomlarimiz tayyorlandi hamda kuy-qòshiqlar ijro etildi. Yasharish, go’zallik va navqironlik fasli – NAVRO’ZI OLAM MUBORAK BO’LSIN!

MEN DONORMAN!

Inson salomatligi uchun savob ishga bel bog’lash xalqimizning qanchalik bag’rikeng va olijanob ekanligidan dalolat beradi. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi markaziy apparatida 1-fevral kuni “MEN DONORMAN!” xayriya aksiyasi tashkil etildi. Xayriya aksiyasida Qoʻmita markaziy apparati va Qoʻmitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi xodimlari koʻngilli tarzda ishtirok etdilar.