Bugun atoqli davlat va jamoat arbobi, turkiy (o‘zbek) tilining asoschisi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi xalqimiz tomonidan keng nishonlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida ham mutafakkir bobomizning bebaho ilmiy-ijodiy merosi, alohida o‘rniga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir tashkil etildi.
Zero, alloma asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalar, ona tilimizning cheksiz ifoda imkoniyatlari butun jozibasi bilan namoyon etilib, millionlab kitobxonlarni ezgulikka, ilm-ma’rifatga, komillikka chorlab kelmoqda.
Shu bois hazrat Navoiy nafaqat turkiy xalqlar, balki butun bashariyatning buyuk ijodkoridir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.