“Click” AJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida e’tirof etildi.

Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan onlayn to‘lov tizimlari bozorida “Click” AJni ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etildi. Shuningdek, Qo‘mita tomonidan ustun mavqega ega raqamli platforma operatori faoliyatini raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ustun mavqeini suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi va tegishli tartibda monitoring…

Hududlarda ochiq muloqot davom etmoqda

Raqobat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasida keng jamoatchilik vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmonov, hududiy boshqarma boshlig‘i A.Muxammadiyev va boshqa tegishli hamkor tashkilotlar, jamoatchilik faollari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Mazkur ochiq muloqot davomida, jismoniy va yuridik shaxslardan 30 ga yaqin murojaat va takliflar qabul qilindi. Jumladan, ➡️ fuqoro…

Yangi tadqiqotlar, ilg‘or islohotlar yo‘lida hamkorlik

Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamda Progressiv islohotlar markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv Memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik qilinadi: ⏺ Monopoliyaga qarshi tartibga solish va raqobatni baholash bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar va tahlillar olib borish, ularning natijalari asosida qonunchilik va amaliy mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;…

Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishning xalqaro standartlari: amaliyot va hisobot

Joriy yilning 29-aprelidan – 2-mayigacha Toshkent shahrida shu mavzuda to‘rt kunlik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu kurs inson huquqlarini ta’minlash sohasida faoliyat yuritayotgan davlat organlari va idoralari mutaxassislari uchun mo‘ljallangan. Ushbu o‘quv kursida Raqobat qo‘mitasi Raisi maslahatchisi G.Qodirova ham ishtirok etdi.

Raqobat qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasida keng jamoatchilik vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 1-may kuni Raqobat qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasida keng jamoatchilik vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmonov, hududiy boshqarma boshlig‘i V.Qahhorov va boshqa tegishli hamkor tashkilotlar, jamoatchilik faollari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Mazkur ochiq muloqot davomida, jismoniy va yuridik shaxslardan 20 dan ortiq murojaat va takliflar qabul…

Respublika bo‘ylab savdo, bank va sug‘urta xizmatlari bo‘yicha iste’molchilar huquqlari himoya qilinmoqda

Raqobat qo‘mitasi tomonidan savdo, bank va sug‘urta xizmatlari bo‘yicha fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy ravishda o‘rganilib, tahlil qilish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati misolida G‘uzor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.S. Qarshi shahrida faoliyat olib borayotgan “Asil media” do‘konidan 4 000 000 so‘m evaziga mobil telefonini muddatli to‘lov asosida sotib oladi. To‘lovni doimiy ravishda vaqtida…