Raqobat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasida keng jamoatchilik vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmonov, hududiy boshqarma boshlig‘i A.Muxammadiyev va boshqa tegishli hamkor tashkilotlar, jamoatchilik faollari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur ochiq muloqot davomida, jismoniy va yuridik shaxslardan 30 ga yaqin murojaat va takliflar qabul qilindi.
Jumladan,
➡️ fuqoro O.Tashpulatovning gaz ta’minotidan asossiz qarzdorlikni qayta hisob-kitob qilish hamda yangi gaz hisoblagichni o‘rnatish;
➡️ “NAVOIY KOMMUNAL BSK” MChJ vakilining tabiiy gazdan 2024-yil may-noyabr oylarida qarzdorlikni qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha taklifi;
➡️ Mebel ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “FORMULA UYUTA” MChJ vakilining suv ta’minoti tomonidan hisoblangan noreal qarzdorlikni qayta hisob-kitob qilishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatlari qabul qilinib, tegishli tartibda ijroga yo‘naltirildi.
Shuningdek, yog‘-moy ishlab chiqaruvchi “ZAMIN-AGRO OIL” MChJ vakili ishlab chiqargan mahsulotlarini birja savdolariga chiqarish yuzasidan, “Tovar xom-ashyo birjasi” viloyatdagi vakilining birja savdolariga qo‘yiladigan AI-80 markali benzin mahsulotini birja savdolariga qo‘yish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan, “TASVIRIY OYINA POLIGRAF SERVIS” XK vakilining davlat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy materiallarni tashqi reklama obyektlariga joylashtirishdagi me’yorlar yuzasidan takliflari tinglandi va ularni ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli takliflar kiritilishi belgilandi.
Ma’lumot o‘rnida. Qo‘mitaning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan 2024-yil yakunlari bo‘yicha jami 1100 ga yaqin va 2025-yil I-choragi davomida 600 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida, 2024-yil davomida 13,5 mlrd so‘mdan ortiq hamda 2025-yil I-choragida esa 1 mlrd so‘mga yaqin pul mablag‘lari iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlari foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.