Joriy yilning 1-may kuni Raqobat qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasida keng jamoatchilik vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmonov, hududiy boshqarma boshlig‘i V.Qahhorov va boshqa tegishli hamkor tashkilotlar, jamoatchilik faollari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur ochiq muloqot davomida, jismoniy va yuridik shaxslardan 20 dan ortiq murojaat va takliflar qabul qilindi.
Jumladan,
– M.Boboyevaning viloyatda faoliyat olib boruvchi qurilish korxonasidan tadbirkorlik qilish maqsadida savdo do‘koni sotib olish uchun to‘lov qilgan pul mablag‘larini qaytarilishi;
– A.Elliyevning buyurtmasiga asosan BTS pochta orqali yetkazib berilishida cholg‘u asbobni nosoz holatga tushganligi;
– A.Usmonov gazdan asossiz hisoblangan qarzdorlikni qayta ko‘rib berish yuzasidan qilgan murojaatlari qabul qilinib tegishli tartibda ijroga yo‘naltirildi.
Shuningdek, tadbirda tadbirkor D.Rajapovning bankdan kredit olib uni muddatidan oldin yopib bo‘lgandan so‘ng sug‘urta uchun qilgan to‘lovlarni foydalanilmay qolgan qismni qaytarish va bu tizimni takomillashtirish yuzasidan, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi vakili A.Axmedovning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mas’ul xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tish tizimidagi muammolar va uni takomillashtirish yuzasidan, shuningdek iste’molchilar murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimida raqamli nazoratni joriy etish bo‘yicha va boshqa takliflari hamda K.Hafizov sug‘urta tashkilotlarining ommaviy ofertalarini iste’molchilar manfaatlari nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflari tinglandi va ularni ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli mas’ul organlarga takliflar kiritilishi belgilandi.
Ma’lumot o‘rnida. Paqobat qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan 2024-yil yakunlari bo‘yicha jami 1300 ga yaqin va 2025-yil I-choragi davomida 400 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2024-yil davomida 5 mlrd so‘mga yaqin hamda 2025-yil I-choragida esa 1,5 mlrd so‘mdan ortiq pul mablag‘lari iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlari foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.