Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘z vakolatlari doirasida birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarning realizatsiyasi holati monitoring qilib borilmoqda.
Xususan, Qo‘mitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi Maxsus komissiyasi tomonidan “Bektemir-Spirt eksperimental zavodi” AJga nisbatan barda mahsulotini sotishda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari, xususan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilganligi alomatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktabrdagi 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan ish qo‘zg‘atildi.
… Qo‘zg‘atilgan ishlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgandan so‘ng, yakunlari yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.