Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamda Progressiv islohotlar markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv Memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandum doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik qilinadi:
⏺ Monopoliyaga qarshi tartibga solish va raqobatni baholash bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar va tahlillar olib borish, ularning natijalari asosida qonunchilik va amaliy mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
⏺ Davlat boshqaruvi uchun institusional va texnologik innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazish;
⏺ Bozorlarga kirishdagi to‘siqlarni aniqlash va raqobatni rag‘batlantiruvchi choralar ishlab chiqish;
⏺ Tahliliy hisobotlar, nashrlar va ma’lumotlar almashinuvi orqali ilmiy va amaliy hamkorlikni kuchaytirish;
⏺ Monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha xalqaro tajriba almashish va forum, seminar hamda konferensiyalar tashkil etish;
⏺ Jamoatchilikni xabardor qilish va raqobat madaniyatini oshirishga qaratilgan axborot kampaniyalari o‘tkazish;
⏺ Milliy va xalqaro grantlar doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.
Iqtisodiy siyosatdagi har bir ijobiy o‘zgarish zamirida chuqur tahlil va samarali hamkorlik yotadi. Taraflar bu kelishuvni amaliy harakatlar bilan mustahkamlab borishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, Taraflar xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, konferensiyalar, forumlar, seminarlar uyushtirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib oldilar.