Bugun 9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun!
Bugun 9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun! Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin. Amir Temur
Bugun 9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun! Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin. Amir Temur
Raqobat qo‘mitasi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunga rioya etilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali qoldirilayotgan murojaatlarga asosan doimiy monitoringlar o‘tkazilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar orqali jami 1 mlrd so‘mdan ortiq tanlovlarda o‘zaro bog‘liq (affillangan) korxonalar ishtirok etganligi yuzasidan murojaatlar qoldirilgan. Xususan, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti akademik litseyi tomonidan o‘quvchilarni issiq ovqat bilan ta’minlash…
Raqobat qo‘mitasi o‘z vakolati doirasida ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, bosma nashrlar, internet va ijtimoiy tarmoqlar)da joylashtirilayotgan reklama axborotlarining reklama hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib bormoqda. Jumladan, O‘tkazilgan monitoringlarda ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan reklamalarda “Ipoteka xizmati eng ishonchlisi va eng qadrlisi” hamda “Avtomobilingizni eng…
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi hamda German Sparkassenstiftung for International Cooperation rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida tomonlar German Sparkassenstiftung’ning O‘zbekistondagi yangi loyiha rahbarini tanishtirish, shuningdek, o‘zaro hamkorlikning istiqbollari va yo‘nalishlari haqida fikr almashdilar. Ayniqsa, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqobatni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik shakllariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunlarida tomonlar esdalik sovg‘alari almashib,…
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqib, tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ro‘yxat bilan tanishish. (https://raqobat.gov.uz/xizmatlar/ochiq-malumotlar/tabiiy-monopoliya-subektlarining-davlat-reestri/) Bunda, 78 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar 10 ta ish va xizmat turlari bo‘yicha tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etildi; tovarlar bozorida tegishli raqobat muhiti shakllanganligi…
Ijtimoiy tarmoq orqali “Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan “MADO” ovqatlanish korxonasida iste’molchilarga taomnoma xorijiy tilda taqdim etilgan, ma’lumotlar Davlat tilida emas…” mavzuida fuqaroning e’tirozi qoldirilgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Raqobat qo‘mitasi olib borgan o‘rganishlarida Toshkent shahrida joylashgan “MADO” restoranining taomnomasida davlat tilida ma’lumotlar mavjud emasligi ma’lum…
Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallarni “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda. Jumladan, turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid reklamalarning qonuniyligi o‘rganildi: O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, Namangan, Navoiy, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan, litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan…
Raqobat qo‘mitasi tomonidan Respublikamizning hududlari kesimida narxlarning asossiz oshirilishi, raqobatga qarshi kelishuvlarning oldini olish maqsadida monitoring ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” Qonuniga asosan 1-apreldan boshlab aksiz solig‘i miqdorlariga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi.…
Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tahlillar natijalariga ko‘ra, bugungi kunda aholining sog‘lig‘i, huquq va manfaatlarini, shuningdek davlat va jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida muayyan bozorlarda faoliyat yuritish uchun 67 ta tadbirkorlik subyektlari va davlat tashkilotlarida 81 ta faoliyat turlari bo‘yicha eksklyuziv huquqlar mavjudligi ma’lum bo‘ldi. O‘tgan davr mobaynida, Prezidentimizning tegishli qarorlari bilan iqtisodiyotda davlat…
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-iyuldagi 213-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, transport vositalarini saqlash (to‘xtash) uchun to‘lov undirish maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiriladi hamda belgilangan tariflarga muvofiq bo‘lishi shart. Elektrozaryad stansiyalari hududida to‘xtash uchun to‘lov undirish faqat operatorda tegishli…