Raqobat qo‘mitasi o‘z vakolati doirasida ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, bosma nashrlar, internet va ijtimoiy tarmoqlar)da joylashtirilayotgan reklama axborotlarining reklama hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib bormoqda.
Jumladan,
O‘tkazilgan monitoringlarda ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan reklamalarda “Ipoteka xizmati eng ishonchlisi va eng qadrlisi” hamda “Avtomobilingizni eng past foiz evaziga 300 million so‘mgacha qarz oling” mazmunidagi reklamada iboralaridan foydalanishda “eng, faqat” so‘zlari qo‘llanilib, reklamada bo‘rttiruvchi ma’nolar ifodalangan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “IPOTEKA XIZMATI GROUP” MCHJ hamda “Tasfinanse mikromoliya tashkiloti” MCHJlarga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli moddalari talablari buzilishi yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha “IPOTEKA XIZMATI GROUP” MCHJ va “Tasfinanse mikromol