Bugun O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi hamda German Sparkassenstiftung for International Cooperation rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tomonlar German Sparkassenstiftung’ning O‘zbekistondagi yangi loyiha rahbarini tanishtirish, shuningdek, o‘zaro hamkorlikning istiqbollari va yo‘nalishlari haqida fikr almashdilar. Ayniqsa, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqobatni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik shakllariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlarida tomonlar esdalik sovg‘alari almashib, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga bo‘lgan intilishini yana bir bor tasdiqladilar.