O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqib, tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Ro‘yxat bilan tanishish. (https://raqobat.gov.uz/xizmatlar/ochiq-malumotlar/tabiiy-monopoliya-subektlarining-davlat-reestri/)
Bunda,
78 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar 10 ta ish va xizmat turlari bo‘yicha tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etildi;
tovarlar bozorida tegishli raqobat muhiti shakllanganligi munosabati bilan pochta xizmatlari, elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish sohalari tabiiy monopoliya sohalaridan chiqarildi;
natijada, tabiiy monopoliya subyektlari soni 2024-yil 1-aprel holatiga (89 ta) nisbatan 11 taga (12,3 %) kamaydi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga ko‘ra asosiy faoliyati tabiiy monopoliya sharoitida tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tabiiy monopoliyalar sohasida faoliyat olib borganda, ular tabiiy monopoliya subyektlari hisoblanmasligi, bunda ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlar (tariflar) asossiz oshirilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi, tadbirkorlar va iste’molchilar huquqlari va manfaatlarining kamsitilishiga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari qo‘llanilishi belgilanganligi ma’lum qilinadi.