Raqobat qo‘mitasi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunga rioya etilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali qoldirilayotgan murojaatlarga asosan doimiy monitoringlar o‘tkazilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali jami 1 mlrd so‘mdan ortiq tanlovlarda o‘zaro bog‘liq (affillangan) korxonalar ishtirok etganligi yuzasidan murojaatlar qoldirilgan.
Xususan,
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti akademik litseyi tomonidan o‘quvchilarni issiq ovqat bilan ta’minlash xizmati bo‘yicha 640,7 mln so‘mlik tanlovda o‘zaro affillangan shaxslarga tegishli tadbirkorlik subyektlari ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligi bo‘yicha;
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan media studiya dizaynini ishlab chiqish, montaj qilish va jihozlash xizmati bo‘yicha o‘tkazilgan 313,6 mln so‘mlik xaridlarda;
«Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi» davlat muassasasi tomonidan nasoslarni joriy ta’mirlash uchun o‘tkazilgan 176,5 mln so‘mlik tanlovlarda ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik kabi holatlar qayd etilgan.
Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan dastlabki o‘rganishlar jarayonida yuqoridagi davlat xaridlari aniqlangan xato va kamchiliklar sababli Buyurtmachilar tomonidan bekor qilinganligi aniqlandi.