Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimiz prokuratura organlaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, yurtimizda qonuniylikni va huquq-tartibotni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamiyatimizda huquqiy madaniyatni oshirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun…

Bandlik va tadbirkorlik sohalaridagi takliflar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-yanvar kuni aholi bandligini oshirish hamda tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, yurtimizda ishsizlar soni 1 million 300 ming nafarni tashkil qiladi. Bu yil yana 2 million 400 ming aholi mehnat bozoriga kirib keladi. Shularni inobatga olib, sifatli va yuqori daromadli ish o‘rinlari hisobiga joriy…

Prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga

Hurmatli prokuratura xodimlari! Muhtaram faxriylar! Avvalo, siz, aziz qonun posbonlarini 8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Barchamiz yaxshi tushunamizki, bugungi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirayotgan barcha islohotlarimizda qonun ustuvorligini ta’minlash hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Qonun hukmron bo‘lgan jamiyatda albatta adolat, siyosiy-ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy o‘sish va…

SAVOL: Oziq-ovqat mahsulotlari  qadog‘i va  tamg‘asida qanday ma’lumotlar bo‘lishi kerak?

FUQARODAN SAVOL: –  Oziq-ovqat mahsulotlari qadog‘i va tamg‘asida qanday ma’lumotlar bo‘lishi kerak? JAVOB: Norbek Jumaniyozov, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mutaxassisi. Oziq-ovqatlar ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar ularni qadoqlangan, o‘ralgan (barcha muomala bosqichlarida sifati va oziqlik qimmati saqlanib qolishini ta’minlaydigan) va qonunchilikka muvofiq tamg‘alangan holda chiqarishlari shart. Qadoqlangan va o‘ralgan oziq-ovqatlar,…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali https://t.me/Qoqonjonim_uzb/7558 “Qo‘qon shahar “Media Park” maishiy texnika sotish markazi mijozlarini kalaka qilmoqdami?” mavzuida iste’molchining posti qoldirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi  mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum  qiladi. Murojaat Raqobat qo‘mitasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Unda 2023-yil 8-dekabr kuni soat 18:00 dan 23:59 gacha bo‘lgan…

FUQARONING KECHIKTIRILGAN UY-JOY BO‘YICHA RAQOBAT QO‘MITASIGA QILGAN MUROJAATI HAL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi  Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga fuqaro tomonidan murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatda fuqaro uy-joy olish maqsadida “Aygrem-Almagul’’ XK bilan shartnoma tuzgan, lekin uy-joy belgilangan muddatda topshirilmaganligi sababli, korxonadan amalga oshirilgan to‘lovni qaytarishni talab qilgan. Ushbu masalada natija bo‘lmaganligidan norozi bo‘lib, fuqaro hududiy boshqarmaga amaliy yordam so’rab…

Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasi belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 694-sonli qarori bilan  Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasi tasdiqlandi. Metodikaga ko‘ra quyidagilar insofsiz raqobat belgilari hisoblanadi: avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovar, ish va xizmatlarning tashqi bezatilishi va shakli, nomi, tamg‘alanishi, etiketkasi, o‘rovi, ranglar uyg‘unligini takrorlash orqali raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tovarni fuqarolik muomalasiga kiritish; raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektning individuallashtirish…

NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR VA ULAR LOYIHALARINING RAQOBATGA TAʼSIRINI BAHOLASH TARTIBI BELGILANDI

NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR VA ULAR LOYIHALARINING RAQOBATGA TAʼSIRINI BAHOLASH TARTIBI BELGILANDI   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 694-sonli qarori bilan Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga taʼsirini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Mazkur nizomga asosan “ex-ante” va “ex-post” usullarida normativ-huquqiy hujjat yoki uning loyixasining raqobatga taʼsiri baholanishi, shuningdek raqobat uchun salbiy deb baholanadigan holatlar aniq belgilandi.            Vazirlik va idoralar hamda…

Suvdan foydalanish samaradorligini oshirish choralari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-yanvar kuni qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Suv tanqisligi tobora kuchayayotgan bugungi zamonda mamlakatimizda uni qadrlash, tejab foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda 472 ming gektar yer tomchilatib va 48 ming gektari yomg‘irlatib sug‘orishga o‘tkazildi, 97 ming gektarda boshqa suv tejovchi texnologiyalar joriy qilindi. 649…

Fuqaroga nosoz avtomashina yangisiga  almashtirib berilishi ta’minlandi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi  Xorazm viloyati hududiy boshqarmasiga fuqaro tomonidan murojaat kelib tushgan. 2023-yilning noyabr oyida, fuqaro B.S. tomonidan tadbirkorga qarashli avtosalonidan kafolat muddati bilan 289 900 000 so‘mga sotib olingan “CHERY ARRIZO 6 PRO”-rusumli avtomashina nosoz holatda ekanligi sababli, avtosalondan to‘lagan pullarini qaytarib olish yoki nosoz mahsulotning yangisiga almashtirib…