O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
Federatsiya Kengashi Raisi davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan dildan qutlab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbatda O‘zbekiston-Rossiya do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining mustahkamlanishiga xizmat qilayotgan parlamentlararo muloqotlar faol kechayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.