#Xalqaro_konferensiya
Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamkorligida “Global noaniqlik sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sish drayveri sifatida raqobat siyosati choralari” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.
Mazkur xalqaro konferensiyada Germaniya, Turkiya, Gruziya va Ozarbayjon davlatlarining raqobat organlari vakillari, shuningdek, BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD), O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Progressiv islohotlar markazi, O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi (UZEX), Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamda boshqa qator xalqaro va milliy tashkilotlarning rahbarlari, mas’ul xodimlari va yetakchi professor-ekspertlari ishtirok etmoqda.
Konferensiyani:
✅ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi E. Gadoyev,
✅ Raqobat qo‘mitasi raisi H. Turaxujayev,
✅ Xalqaro hamkorlik bo‘yicha German Sparkassenstiftung tashkiloti, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqobat bo‘limi boshlig‘i Liya Grauberger kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.
Ular o‘z nutqlarida zamonaviy iqtisodiy sharoitda raqobat siyosatining ahamiyati, bozorlar samaradorligini oshirish va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishning dolzarb masalalariga to‘xtalib o‘tdilar.
Konferensiya doirasida raqobat siyosati global noaniqlik sharoitida, jumladan inflyatsiya bosimi, ta’minot zanjirlaridagi uzilishlar, raqamli transformatsiya va geosiyosiy parchalanish davrida bozor barqarorligini qanday mustahkamlanishi, samaradorlik va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashi, iste’molchilarni himoya qilishi hamda barqaror iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shishi masalalari ko‘rib chiqilmoqda.








