#Xalqaro_konferensiya
🔻 Xalqaro konferensiya doirasida global noaniqlik sharoitida barqaror va inklyuziv uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda adolatli raqobatning o‘rni mavzusida asosiy ma’ruzalar quyidagi xalqaro va milliy ekspertlar tomonidan taqdim etildi:
Elnur Bagirov — Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Monopoliyaga qarshi kurashish va iste’mol bozorini nazorat qilish agentligi raisi;
Mark Batayl — Germaniyaning Monopoliyalarni tartibga solish komissiyasi (Monopolkommission) Bosh sekretari;
Bilir Xakan — Turkiya Raqobat organi vitse-prezidenti;
Farrux Karabayev — O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.
Ma’ruzalar davomida inflyatsiya bosimi, ta’minot zanjirlaridagi uzilishlar, bozorning yuqori darajada jamlanishi, mehnat unumdorligi, innovatsiyalar va iste’molchilar farovonligini ta’minlashda adolatli raqobatning ahamiyati muhokama qilindi. Shuningdek, global noaniqlik sharoitida barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan xalqaro tajribalar va amaliy yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.
Zero Jahon banki hisobotlarida ham «raqobat iqtisodiy o‘sishda katta ahamiyatga egaligi hamda davlat iqtisodiyotining ajralmas qismi ekanligi» ko‘p bora ta’kidlangan. Yuqoridagilar asosida, O‘zbekistonda raqobat siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Jahon banki tomonidan ham tan olinib, e’tirof etilgan.








