IV Toshkent Aksilkorrupsiya forumi

Bugun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan IV Aksilkorrupsiya forumi doirasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi katta e’tirofga sazovor bo‘ldi. Qo‘mita o‘z faoliyatining oshkoraligi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatgan samarali harakatlari uchun alohida taqdirlandi. Ushbu mukofot Qo‘mita tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda va raqobatni rivojlantirishda olib borayotgan islohotlari e’tiborga molik ekanligini yana bir bor tasdiqladi.…

YOG‘-MOY KORXONALARI TOMONIDAN 3,2 mlrd SO‘MLIK YUQORI LIKVIDLI MAHSULOTLAR TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI SOTILGANLIK HOLATLARI ANIQLANDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi yog‘-moy korxonalari tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilishi va birja savdolarida narxlarni sun’iy oshishini oldini olish bo‘yicha nazorat o‘rnatilib, kunlik va oylik monitoring kuzatuvlari olib borilmoqda. Qo‘mitaning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “FOREVER SERVICE” va “KARMANA MOY INVEST” MChJlarning paxta yog‘i,…

Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Tovar xomashyo birja ishtirokchilarini yangi savdo instrumentlari hamda monopoliyaga qarshi komplaens tizimi” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Рақобат қўмитаси ҳузуридаги Рақобат сиёсати ва истеъмолчилар ҳуқуқлари тадқиқотлари маркази “Ўзбекистон Республикаси товар-хомашё биржаси” АЖ билан ҳамкорликда жорий йилнинг 14-15 октябрь кунлари товар хомашё биржа иштирокчиларини янги савдо инструментлари ҳамда монополияга қарши комплаенс тизими бўйича ходимлар учун ўқув семинари ташкиллаштирилди. Мазкур малака ошириш курсида товар хомашё биржа иштирокчиларига (брокер, трейдер) рақамли иқтисодиёт, биржа савдоларидаги янги…

TIBBIY TEXNIKA JIHOZLARINI QIYOSLOVDAN O‘TKAZMAGAN TIBBIYOT MUASSASALARIGA 44 MINGDAN ORTIQ ISTE’MOLCHILARDAN ASOSSIZ OLINGAN 900 MLN SO‘MGA YAQIN PUL MABLAG‘LARNI QAYTARISH YUZASIDAN KO‘RSATMA BERILDI

Bugungi kunda tibbiy tashxislar tibbiyot muassasalaridagi laboratoriya, fizioterapiya hamda diagnostika uskunalari yordamida o‘tkaziladi. Shu sababli mazkur xizmatlar sifatli va kafolatlangan bo‘lishi lozim. Raqobat qo‘mitasi fuqarolarning murojaatlari asosida respublika tibbiyot muassasalarida qo‘llanilayotgan tibbiy texnikalarning foydalanishga yaroqligi va uning xavfsizligi bo‘yicha davriy sinovlardan o‘tkazilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi. Toshkent shahar misolida Hududiy boshqarma tibbiyot muassasalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar…

Ўзбекистон Республикаси Рақобат қўмитаси делегациясининг Германиянинг Мюнхен шаҳрига ташрифи

2024-yil 14-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi delegatsiyasi o‘zining Germaniyadagi tashriflarini yakunladi. So‘nggi uchrashuv Myunxen shahrida, Maks Plank jamiyatining Innovatsiyalar va raqobat instituti ijrochi direktori professor Yozef Dreksl bilan bo‘lib o‘tdi. Maks Plank Jamiyati tarkibida 80 dan ortiq ilmiy institutlar va tadqiqot markazlari mavjud bo‘lib Innovatsiyalar va raqobat instituti ham shulardan biridir. Maks Plank jamiyatining…

O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi davom etmoqda

2024-yil 11-oktyabr kuni Raqobat qo‘mitasi delegatsiyasi Germaniyaning Bonn shahridagi tashrifi doirasida delegatsiya Germaniyaning Monopoliyalar komissiyasi Bosh kotibi Mark Batal bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv davomida Germaniyaning tabiiy monopoliyalarni tartibga solish sohasidagi mexanizmlari va amaliy tajribasini o‘rganish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar, shuningdek, Germaniya iqtisodiyotidagi turli sohalarda raqobat muhitini rivojlantirish, mavjud tizimli muammolarni tahlil qilish va ularni hal…

NAMANGAN VILOYATIDAGI KLASTERLAR TOMONIDAN MANIPULYATSIYA HARAKATLARINI SODIR ETGANLIKLARI UCHUN TEGISHLI TA’SIR ChORALARI QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi klasterlar tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilishi va birja savdolarida narxlarni sun’iy oshishini oldini olish bo‘yicha nazorat o‘rnatilib, kunlik va oylik monitoring kuzatuvlari olib borilmoqda. Qo‘mitaning Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan 2024-yil iyul-sentyabr oylari davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida jami 6…

RESPUBLIKA KESIMIDA 30 DAN ORTIQ TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI TOMONIDAN “REKLAMA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN TALABLARINI BUZISH HOLATLARI ANIQLANDI

Raqobat qo‘mitasi vakolati doirasida reklama sohasida joriy yilning 9 oyi davomida olib borilgan 27 373 ta o‘rganishlarda 11 106 ta kamchiliklar aniqlangan. Quyida yuzaga kelgan holatlar yuzasidan Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tegishli ta’sir choralari ko‘rib kelmoqda. Andijon viloyati misolida Hududiy boshqarma tomonidan olib borgan monitoring ishlarida “ANDIJON TIBBIY DIAGNOSTIKA” MChJ, “REAL INTELECT EFFECT”…

ELEKTR ENERGIYASI UZATILISHI XIZMATIDA ISTE’MOLCHILARNING QONUNIY HUQUQLARI TIKLANDI

Raqobat qo‘mitasiga respublika bo‘ylab iste’molchilar tomonidan kommunal sohasi – elektr ta’minotiga oid tushgan murojaatlarning aksariyatida elektr energiyasi iste’molini hisobga olish uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tkazish, davriy davlat qiyoslovi va plombalash jarayonlari, shuningdek, asossiz qarzdorliklarni yuzaga kelayotgani yuzasidan e’tirozlar bildirilgan. Qo‘mita mazkur murojaatlardagi qonunbuzilish holatlarini o‘z vaqtida aniqlab, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilib…

MONOPOLIYAGA QARSHI KOMPLAENS FAOLIYATIGA MAS’UL XODIMLAR UCHUN O‘QUV KURSLARINING NAVBATDAGI DASTURI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 7-9-oktyabr kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan “Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqlashtirish” mavzusida navbatdagi tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘quv kurslari doirasida, monopoliyaga qarshi komplaens va Davlat xaridlari…