Shuningdek, yig‘ilish davomida Rais o‘rinbosari F.Karabayev faoliyatining asosiy strategik yo‘nalishlari nimadan iborat bo‘lishi kerakligiga to‘xtalib o‘tdi.
Jumladan,
– tovar va moliya bozorlarini tahlillari sifatini oshirish, yangi tadbirkorlik subyektlarini bozorga erkin kirishga to‘siqlar, shu jumladan qonun hujjatlarida yoki mahalliy hokimiyat organlari va vazirlik va idoralarning qarorlarida aks etgan tadbirkorlikni qiyinlashtiruvchi omillar, davlat ishtirokini qisqartirish va raqobat muhitini yaxshilash bo‘yicha aniq amaliy takliflar ishlab chiqish;
– kartellarni aniqlash va bartaraf qilish bo‘yicha yangicha ish uslublari va yondashuvlarni joriy etish;
– raqobat qonunchiligiga yangi huquqiy institut
«ustun muzokara kuchi» ni e’tirof etish va uni suiiste’mol qilish bilan bog‘liq qonunga zid harakatlar bilan kurashishni tizimini kuchaytirish;
– tovar yoki moliya bozoriga raqobatchining kirishiga to‘sqinlik qilishga yoki uni bozordan chetlashtirishga olib keluvchi insofsiz raqobat harakatlarni, shu jumladan demping narxlarni qo‘llash kabi harakatlar bilan keskin kurashish;
– yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning birja savdolarida manipulyatsiya holatlarini aniqlash mexanizmlari takomillashtirish, shu jumladan raqamlashtirilgan monitoring tizimi joriy etish;
– davlat xaridlari doirasida Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan subyektlarning tovar va xizmatlar bozorida raqobatga ta’siri baholanadi;
– chakana savdo tarmoqlari va yagona operatorlar mavqeiga ega xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan kamsitmaslik qoidalari, raqamli platformalarning iqtisodiy konsentratsiyasiga bog‘liq bitimlari uchun alohida talablar ishlab chiqiladi;
– qonunchilikda belgilangan 21 turdagi raqamli platformalarni reyestrini to‘liq shakllantirib ustun mavqega ega kompaniyalar bilan monopoliyaga qarshi komplayens tizimni joriy etish amalga oshiriladi;
– iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida xalqaro tajribani o‘rganish asosida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish strategiyasi ishlab chiqiladi;
– Qo‘mita faoliyatini raqamlashtirish va uning «Fair Tech» platformasini jadal suratlarda takomillashtirini davom ettiramiz.
Yuqoridagi kabi asosiy yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlanadi va tadbirlar ijrosi bo‘yicha har bir rahbarning KPI ko‘rsatkichi belgilanadi.