Joriy yilning 14-16-yanvar kunlari Qo‘mita huzuridagi Tadqiqotlar markazi tomonidan “Tijorat banklarining markaziy apparati xodimlari uchun” navbatdagi o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv kurslarida:
Respublikadagi 20 dan ortiq tijorat banklari ishtirok etdi.
Mazkur o‘quv kurslarda O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”, «Reklama to‘g‘risida», «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunlarining mazmun-mohiyatlari, shuningdek ustun mavqe, monopoliya, reklama va tabiiy monopoliyaga qo‘yiladigan asosiy talablar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
O‘quv seminar so‘ngida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.