Raqobat qo‘mitasi tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarining “Ittihad Investment Central Asia Holding Ltd” kompaniyasining “Chorsu Real-Estate Development” MChJ XKning 100 foiz ulushlarini olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi.
“Ittihad Investment Central Asia Holding Ltd” kompaniyasi maxsus maqsadli xolding faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot;
“Chorsu Real-Estate Development” MChJ XK turar-joy binolarini qurilishi bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisoblanadi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimlar bozorda raqobatga ta’sir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelindi va arizani qanoatlantirish va bitimlarga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.