“Iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

“Iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi 🔴 15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “Iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona” tanlovi g‘oliblari tadbir doirasida (https://t.me/RaqobatGovUz/11588) tantanali ravishda taqdirlandi. Mazkur tanlovning asosiy maqsadi – tadbirkorlik subyektlari tomonidan iste’molchilar huquqlariga rioya etish, xizmat va mahsulotlar sifatini ta’minlash…

Iste’molchilar murojaatlari bilan ishlashda yangi yechimlar va jamoatchilik nazorati

Iste’molchilar murojaatlari bilan ishlashda yangi yechimlar va jamoatchilik nazorati “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Q.Tursunov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining…

15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi

🟢 Ayni paytda Raqobat qo‘mitasi tomonidan 15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro konferensiya “RENESSANS” kino uyida bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir hamkori – German Sparkassentiftung for International Cooperation. Tadbirni Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari U.Davlatov ochib berdi. U o‘z nutqida iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, bozorlarda adolatli va shaffof munosabatlarni ta’minlash, shuningdek aholining…

15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasi hududiy boshqarmalari tomonidan joylarda o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda

15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasi hududiy boshqarmalari tomonidan joylarda o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda. 📍 FARG‘ONA VILOYATI O‘rta Osiyo tibbiyot universiteti talabalar uchun o‘tkazilgan seminarda iste’molchilarning huquqlari bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. Tadbirda O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Tashqi texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari ham ishtirok etdi. 📍 JIZZAX…

Reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan 3 ta korxonaga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi

Reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan 3 ta korxonaga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan tegishli sohalarda faoliyat yuritayotgan subyektlar tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida respublika bo‘ylab tizimli monitoring ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Buxoro viloyati Viloyatda faoliyat yuritayotgan “ORIENT SPARKLE” MCHJ tomonidan Buxoro shahri, B.Naqshband ko‘chasi yo‘l yoqasida o‘rnatilgan tashqi…

Boka Raton shahrida AQSh Tovar fyucherslari savdosi bo‘yicha komissiyasi (CFTC) tomonidan tashkil etilgan Xalqaro tartibga soluvchi organlar uchrashuvi

Joriy yilning 8-9-mart kunlari AQShning Florida shtati, Boka Raton shahrida AQSh Tovar fyucherslari savdosi bo‘yicha komissiyasi (CFTC) tomonidan tashkil etilgan Xalqaro tartibga soluvchi organlar uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. 👥Mazkur uchrashuv xalqaro moliya va tovar bozorlarini tartibga solish sohasida faoliyat yurituvchi regulyatorlar o‘rtasida tajriba…

Davlat xaridlarida 28 300 dan ortiq raqobatga zid harakatlar aniqlangan

Davlat xaridlarida 28 300 dan ortiq raqobatga zid harakatlar aniqlangan Raqobat qo‘mitasi tomonidan davlat xaridlarida shaffoflik va adolatli raqobatni ta’minlash maqsadida xarid jarayonlari doimiy o‘rganilib, tahlillar natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari bartaraf etib borilmoqda. Xususan, o‘tgan 2025-yilda davlat buyurtmachilari tomonidan o‘tkazilgan jami boshlang‘ich qiymati 18,8 trln. so‘m bo‘lgan 23 mingdan ortiq davlat xaridlari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi.…

8-mart – xalqaro xotin qizlar kuni

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi nomidan aziz ayollarni “8-mart – xalqaro xotin qizlar kuni” bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Ushbu bayram sizga tabassum va quvonch olib kelsin. Hayotingizdan samimiy kulgu, xonadoningizdan baxt-saodat tuyg‘ulari, ezgulik hissi, nur va sevinch, mehr va muhabbat aslo arimasin! Barchangizga sihat-salomatlik va fayzu baraka tilaymiz! 8-mart – bayrami…

Ayol aziz, ayol e’zozdadir!

Ayol aziz, ayol e’zozdadir! 🌸🌸🌸🌸🌸🌸 🌹 Bahorning ilk kunlarida xotin-qizlar bayramining nishonlanishida ham ajib bir ramziy ma’no bor. Zero, bahor ham, ayol ham go‘zallik, nafosat ifodasidir. Ayol – jamiyat taraqqiyotining muhim timsolidir. 📌 O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va huquqlarini mustahkamlash, ularning bilim va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. 💐 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar…

Ko‘ksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boshlandi

Ko‘ksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boshlandi Prezident Shavkat Mirziyoyev butun O‘zbekiston ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi. –Inson hayotini, jamiyat taraqqiyotini xotin-qizlarsiz, ularning ezgu fazilatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Biz sizlarning timsolingizda Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lib, maydonga chiqayotgan 22 million yosh avlodni onalik mehri bilan tarbiyalab, voyaga yetkazgan…