Davlat organlari veb-saytlarida tijorat reklamasiga oid qonunchilik talablari

So‘nggi paytda ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va ular muassisligidagi tashkilotlarning veb-saytlarida tovarlar (ish, xizmatlar) haqida reklama berilishi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, davlat organlariga aloqador bo‘lgan veb-saytlarda aynan bitta korxonaga tegishli bo‘lgan tovar yoki xizmatlarga oid reklamalarni joylashtirishda ustunlik berilishi boshqa boshqa raqobatchilarga nisbatan adolatsiz harakatni yuzaga keltirishi mumkinligi qayd etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi…

Raqobat qo‘mitasi tomonidan tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi murojaatlar tahlil qilindi

Raqobat qo‘mitasiga tibbiyot xizmatlari va farmatsevtika sohasi bo‘yicha 2026 yilning o‘tgan davri mobaynida 900 dan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan deyarli 2 barobarga oshganini ko‘rsatmoqda. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida tovar va xizmatlar uchun to‘langan 300 mln so‘mdan ortiq mablag‘ iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, iste’molchilarni…

NAZORAT XARIDLARIDA BIR QATOR OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING SIFAT VA XAVFSIZLIK TALABLARIGA JAVOB BERMASLIGI ANIQLANDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan boshqa vakolatli organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat xaridlarida qator oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi amaldagi sanitariya-gigiyena hamda xavfsizlik talablariga javob bermasligi aniqlandi. Sifatsiz mahsulotlarni muomalaga chiqarish orqali qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan shaxslar, shuningdek, saqlash tartiblariga rioya etmagan sotuvchilarga nisbatan tegishli ta’sir choralari belgilanmoqda. Hududlar kesimidagi misollar: Samarqand viloyati9 turdagi oziq-ovqat va xalq iste’moli…

IQTISODIY KONSENTRATSIYA BITIMIGA ROZILIK BERILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan fuqaro F. Mamatdjanovning “Rubicon Wireless Communication” MChJning 50 foiz ulushini olish bo‘yicha iqtisodiy konsentratsiya bitimiga rozilik berish yuzasidan arizasi ko‘rib chiqildi. Ta’kidlash lozimki, “Rubicon Wireless Communication” MChJ “Perfectum” savdo belgisi ostida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilot hisoblanadi. Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimning tovar bozorida raqobat muhitiga salbiy…

20 DAN ORTIQ TIJORAT BANKI VA MIKROMOLIYA TASHKILOTIGA NISBATAN REKLAMA QONUNCHILIGI TALABLARINI BUZGANI UCHUN MOLIYAVIY JARIMALAR QOʻLLANILDI

Raqobat qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hamda reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Olib borilgan monitoring va tahlillar natijasida ommaviy axborot vositalari, internet saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda qonunchilik talablariga zid, isteʼmolchilarni chalgʻituvchi yoki notoʻgʻri axborotni oʻz ichiga olgan reklamalarni joylashtirish holatlari hamon uchrab turgani aniqlandi. Bunday qonunbuzilishlarning…

Raqobat qo‘mitasi tomonidan fuqarolardan savdo va kommunal xizmatlar borasida tushayotgan murojaatlar o‘rganilib, o‘zining ijobiy yechimini topmoqda

Hududlar kesimida misollar Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Q.Sh. ismli fuqaro shahar markazida joylashgan “CompMir” MChJ do‘konidan noutbuk xarid qilgan. Biroz vaqt o‘tgach, qurilma mutaxassis tomonidan tekshirilganda, noutbukning ayrim ehtiyot qismlari avval ishlatilgan, ya’ni eski ekanligi aniqlangan. Fuqaro tovarni qaytarish va to‘langan mablag‘ni olish maqsadida sotuvchiga murojaat qilgan. Biroq sotuvchi tomonidan pul mablag‘lari qaytarib…

Raqobat qo‘mitasi so‘rovi bilan «Food City Tashkent» MChJning ustun muzokara kuchidan foydalanib asossiz oshirgan yig‘imi bekor qilindi

Raqobat qo‘mitasiga «Food City Tashkent» MChJ hududida muz mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor murojaat qilib, bozor ma’muriyati tomonidan sun’iy to‘siqlar yaratilayotganini bildirgan. Xususan, bozor hududiga qadoqlangan va qadoqlanmagan muz olib kirish uchun to‘lov miqdori bir necha barobar oshirilib, bir kun uchun to‘lov 737 ming so‘m etib belgilangani hamda bu orqali tadbirkorni bozordan siqib chiqarishga urinilayotgani…

Birja savdolarida shakllangan o‘rtacha birja kotirovka narxlaridan yuqori narx qo‘llash orqali asossiz daromad olgan “T.O-MOXIDIL” XKga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, Monopoliyaga qarshi kurashish organi tomonidan birja narxlari doimiy ravishda monitoring qilib boriladi. Raqobat qo‘mitasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan birja savdolarida raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar…

Raqobat qo‘mitasi tomonidan dori vositalariga belgilangan ustamalarni oshirib qo‘llash holatlari aniqlandi

Xabaringiz borki, dori vositalariga belgilangan cheklangan savdo ustamalarini oshirish holatlari bo‘yicha huquqbuzarliklar Soliq organlari tizimida aniqlanib, Qo‘mitaning “Fair Tech” yagona axborot tizimiga xabar yuborish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. 2026-yilning II choragi davomida Qo‘mitaning “Fair Tech” yagona axborot tizimiga kelib tushgan xabarlar yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, 237 ta dorixonada (33 ta ulgurji va 204 ta…

Raqobat qo‘mitasida kitobxonlik tanlovi oʻtkazildi

#Yoshlar_kuni Prezidentimizning “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan, shuningdek mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan  “Raqobat qo‘mitasi markaziy apparatining kitobxon xodimi” tanlovi boʻlib oʻtdi. Haftaning payshanbasi — “Yoshlar kuni” doirasida tashkil etilgan tanlovda Qo‘mitaning eng kitobsevar xodimlari ishtirok etdi. Nizomga muvofiq, Tanlov komissiyasi tomonidan tavsiya qilingan…