Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan «Yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar savdosi va davlat xaridlari bo‘yicha 2026-yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘mitaning Tovar-xomashyo birjalari faoliyatini litsenziyalash va savdolarini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan hisobot berildi.
Jumladan,
Hisobot davrida “Toshkent tovar-xom ashyo birjasi” AJ (e-birja) birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi biroq davlat ulushi mavjud bo‘lmagan va monopol hisoblanmagan korxonalar tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning savdo aylanmasi qiymati 1 069,9 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, “Hayot birja” AJda realizatsiya qilingan tovarlarning savdo aylanmasi qiymati 49,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.
2026-yilda I-chorakda jami birja savdolarida savdo aylanmasi qiymati jami 32,8 trln so‘mni tashkil etib, 40 ming taga yaqin xaridorlar ishtirok etgan.
Qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha
Qo‘mita hamda uning hududiy organlari tomonidan 2026-yil I-yarim yilligida 155 ta holatda birja savdolariga oid qonunchilik talablari buzilganligi bo‘yicha 131 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
Jumladan, 48 ta holatda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlar sun’iy oshirilishi bilan bog‘liq manipulyatsiya harakatlari sodir etilganligi va buning natijasida 42,1 mlrd so‘m mablag‘lar asossiz olinganligi aniqlanib, ushbu mablag‘larni undirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shu bilan birga, 88 ta holatda xo‘jalik yurituvchi subyektga «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 42-moddasiga asosan jami
58,8 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilgan.
Suyultirilgan gaz bo‘yicha
Hukumatning tegishli topshirig‘iga muvofiq import qilingan suyultirilgan gaz o‘z ehtiyojidan tashqari faqat birja savdolari orqali sotilishi belgilangan.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yil 31-oktyabrdan boshlab barcha suyultirilgan gaz importi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga o‘z ehtiyojlari (ishlab chiqarish jarayonida ishlatish yoki tasarrufidagi shoxobchalari orqali sotish) uchun mo‘ljallangan hajmlardan tashqari importdan keltirilgan suyultirilgan gaz hajmlarini ichki bozorda faqat birja savdolari orqali sotilishini tashkil etish to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan import mahsulotning boshlang‘ich narxlari oshirilishi sababli joriy yil yanvar oyida 1 tn suyultirilgan gaz mahsuloti o‘rtacha 9,5 mln so‘mgacha yoki 2025-yil dekabr oyiga nisbatan 20 foiz oshganligi kuzatildi.
Qo‘mita tomonidan birja savdolarida suyultirilgan gaz mahsuloti narxlari barqarorligini ta’minlash maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:
a) suyultirilgan gazni sotish narxini uning birja savdosiga chiqarish narxiga nisbatan o‘sish chegarasini «spred» eng ko‘pi bilan
10 foizgacha etib belgilash hamda birjada suyultirilgan gazning boshlang‘ich narxi 1 tn.si uchun 7,5 mln so‘mdan oshgan holatda buyurtmalarni qabul qilmaslik bo‘yicha tovar-xom ashyo birjalariga tegishli ko‘rsatma berildi;
b) raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi alomatlari bo‘yicha 92 ta suyultirilgan gaz import qiluvchilariga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, 31 ta subyektlarga qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida yo‘l qo‘ymaslik hamda asossiz hisoblangan 34 mlrd so‘m hamda 29 mlrd so‘mga yaqin moliyaviy jarimani davlat byudjetiga ixtiyoriy ravishda to‘lash to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi;
v) o‘tkazilgan o‘rganishlar yuzasidan 70 ta suyultirilgan gazni import qilgan korxonalar tomonidan soliqdan qochish holatlarini hamda xufiyona iqtisodiyotni oldini olish maqsadida vakolat doirasida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Soliq qo‘mitasiga va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentga tegishli xatlar kiritildi.
Natijada, birja savdolarida o‘rtacha narxlar 1 tn.si uchun 9,5 mln so‘mdan 7,0 mln so‘mgacha yoki 35 foizga pasaydi.
Shuningdek, Qo‘mita tomonidan suyultirilgan gaz mahsuloti narxlari oshishining oldini olish maqsadida import bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subektlariga import qilingan suyultirilgan gaz mahsulotini birjadagi boshlang‘ich narxlarini asossiz oshirmasligi va ularni barqaror ravishda birja savdolariga chiqarish yuzasidan ogohlantirish xatlari yuborildi.
Qo‘mita tomonidan birja savdolari orqali realizatsiya qilinadigan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar narxlari, shu jumladan suyultirilgan gaz (propan) narxlari bo‘yicha tahlil o‘tkazilib, tahlil yakuni bo‘yicha ma’lumotlar hamda ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga axborot xatlari kiritildi.
Texnik oltingugurt bo‘yicha
Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq texnik oltingugurt faqat birja savdolari orqali sotilishi belgilangan.
Joriy yilning mart oyi birinchi dekadasi dastlabki sanalarida birja savdolarida texnik oltingugurt narxlari 1 tn.si uchun
3,2-3,8 mln so‘mgacha yoki oy boshiga nisbatan 39 foizgacha keskin oshganligi kuzatildi.
Hukumatning tegishli topshirig‘iga asosan Qo‘mita tomonidan 2026-yil 13-martdan boshlab «Navoiyuran» DK va «O‘zkimyosanoat» AJ tizimiga kiruvchi korxonalarning oltingugurt mahsulotini kunlik sotib olishi mumkin bo‘lgan maksimal miqdorini («limit») belgilash to‘g‘risida «








