Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-yanvar kuni 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. 2023-yilda mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil qildi. Jumladan, sanoat 6, xizmat ko‘rsatish 6,8, qurilish 6,4, qishloq xo‘jaligi 4,1 foiz o‘sgan. Bu yil yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 6 foizga ko‘paytirib, 100 milliard dollarga…