O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-oktabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qarag‘andi viloyatidagi konda ro‘y bergan avariyaning fojiali oqibatlari munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi. Kon ichida qolayotgan konchilar tez fursatda qutqarilishiga umid bildirildi, hodisa oqibatlarini bartaraf etishda mamlakatimiz zarur ko‘makni ko‘rsatishga tayyorligi ta’kidlandi. Ikki tomonlama…

Yer hisobi va kadastr xizmatlarini yaxshilash choralari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarini yaxshilash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. So‘nggi yillarda bu sohada katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, topografik o‘lchovlar uchun Kadastr agentligi maxsus samolyot va aerofotokamera, 112 ta dron bilan ta’minlandi. Sohani raqamlashtirish uchun 6 ta axborot tizimi va ma’lumotlar markazi ishga tushirildi.…

RESPUBLIKAMIZ BO‘YLAB “RAQOBAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV SEMINARLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining tashabbusi bilan respublika bo‘ylab mahalliy ijroiya hokimiyati va boshqa davlat organlarining hududiy bo‘linmalari, shuningdek, tegishli hududda joylashgan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlari ishtirokida “Yangi raqobat qonunchiligi – raqobatni himoya qilishning zamonaviy huquqiy asosi” mavzusida navbatdagi o‘quv-seminarlar tashkil qilindi.…

Geologiya sohasidagi ishlarning joriy holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni geologiya ishlarini kengaytirish, foydali qazilmalarning istiqbolli konlarini aniqlash va o‘zlashtirish rejalariga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi. Mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan katta marralarga erishishda iqtisodiyotni mineral resurslar bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda yurtimizda geologiya sohasini transformatsiya qilish doirasida uning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, ilmiy izlanishlar va kadrlar tayyorlash kuchaytirildi. Taqdimotda…

Farmatsevtika sohasidagi yuzaga kelayotgan muammolar hamda aholini sifatli va arzon dori vositalari, tibbiy buyumlar bilan ta’minlash

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda “Biz sizni eshitamiz” loyihasi  doirasida “Farmatsevtika sohasidagi yuzaga kelayotgan muammolar hamda aholini sifatli va arzon dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash” mavzusida ochiq muloqotni o‘tkazdi. Ochiq muloqotdan ko‘zlangan maqsad, dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi, ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchilar…

ISTE’MOLGA YAROQSIZ MAHSULOTLAR SAVDODAN OLIB TASHLANDI

ISTE’MOLGA YAROQSIZ MAHSULOTLAR SAVDODAN OLIB TASHLANDI Savdo shoxobchalarida sotilayotgan qandolat mahsulotlarining ba’zilarida ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati va saqlash tartiblari haqida ma’lumot berilmaydi. Iste’molchilar esa muddatiga e’tibor bermasdan, tashqi ko‘rinishiga qarab xarid qilaveradi. Yoki do‘kon sotuvchisining “yaqinda keltirildi, mazasiga gap yo‘q, olavering” degan gapiga ishonishadi. “Shodlimurotova M.O.” YaTTdan “Yulduzli” to‘plamidagi “East Star Sweet” MChJga tegishli…

E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonun loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (https://regulation.gov.uz/oz/d/87969)ga joylashtirilganligini ma’lum qiladi. Muhokamalar 2023-10-26 dan 2023-11-10 gacha davom etadi. Loyiha IDsi: 87969 Hurmatli jismoniy va yuridik shaxslar keng jamoatchilik muhokamasida faol ishtirok eting!

“Farmatsevtika sohasidagi yuzaga kelayotgan muammolar hamda aholini sifatli va arzon dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazilmoqda.

Ayni damda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan joriy qilingan «Biz sizni eshitamiz» loyihasi doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda “Farmatsevtika sohasidagi yuzaga kelayotgan muammolar hamda aholini sifatli va arzon dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazilmoqda. Ochiq muloqotdan ko‘zlangan maqsad, dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi, ulgurji…

Energetika islohotidagi navbatdagi vazifalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 26-oktabr kuni energetika bozori regulyatori faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Mamlakatimiz energetika sohasi bosqichma-bosqich isloh qilib kelinmoqda. Birinchi bosqichda boshqaruv tizimi o‘zgartirildi. So‘nggi yillarda 22 ta elektr stansiyasi, jumladan, ilgari generatsiya bo‘lmagan viloyatlarda yangi stansiyalar ishga tushirildi. Elektr generatsiyasi tizimiga ilk bor xususiy kapital jalb qilinmoqda. Hozirgi kunda…

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston bilan parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi Raisi Yerlan Koshanovni qabul qildi. Uchrashuv avvalida Qozog‘iston Majlisining raisi davlatimiz rahbariga Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik…