Samarqand tumanida qurilayotgan majmuada 10 mingga yaqin ish o‘rni bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumanida barpo etilayotgan savdo, sanoat va servis majmuasining qurilish maydonida bo‘ldi. Uning hududi 37 gektar. Bu yerda umumiy qiymati 2 trillion 79 milliard so‘mlik 7 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ulardan birinchisi – avtomobillar ehtiyot qismlari bozori yaqinda ishga tushiriladi. 11 gektarni egallagan savdo do‘konlarida 3 mingta ish o‘rni yaratiladi. Ayni paytda…

Prezident Samarqanddagi Biokimyo institutini borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand davlat universitetining Biokimyo instituti faoliyati bilan tanishdi. Bugungi kunda universitetda 25 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi. Bu yerda to‘rtta – Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti, Muhandislik fizikasi instituti, Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Biokimyo instituti tashkil etilgan. Biokimyo instituti joriy yilda universitetning biologiya va kimyo fakultetlari negizida ochildi. Buning uchun keng ko‘lamli…

Shavkat Mirziyoyev: Maqsadimiz – har bir yoshga munosib sharoit yaratish

Davlatimiz rahbari Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabini kirib ko‘rdi. Konstitutsiyamizda O‘zbekiston ijtimoiy davlat ekani belgilandi. Bu boradagi eng muhim sohalardan biri ta’limdir. Shu maqsadda yangi muassasalar qurish bilan birga ta’limning mazmunini yaxshilashga ham e’tibor qaratilmoqda. 32-maktab joriy yilda kapital ta’mirlandi. U 782 o‘quvchiga mo‘ljallangan. 22 ta sinfxona, sport zali, oshxona, STEM laboratoriyasi, kompyuter xonalarida…

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasidagi bunyodkorlikni ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-avgust kuni Samarqand viloyatiga keldi. Davlatimiz rahbari avvalo Payariq tumaniga borib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi. – Ilohim, duolarimiz ijobat bo‘lib, Alloh yurtimizni tinchlik-osoyishtalikda saqlasin, fayzu baraka bersin. Mana, mustaqilligimizning 32 yillik bayrami arafasida turibmiz. Xalqimiz bilan birga shu kunlarga yetganimizga shukrlar aytamiz. Oldimizga yana katta-katta rejalar…

Prezident Samarqandga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlarning joylardagi ijrosi, aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Samarqandga jo‘nab ketdi. Tashrif davomida ta’lim maskanlaridagi sharoitlar, yangi inshootlar, sanoat korxonalari va xizmat ko‘rsatish loyihalari ko‘zdan kechiriladi. Mutasaddilar ishtirokida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan.

Qo‘mitaning navbatdagi o‘quv seminari “Asakabank”da bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Asakabank” AJda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda raqobat sohasidagi qonunchilik talablari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oldini olishga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbirda mazkur bank xodimlariga Monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish bo‘limi boshlig‘i Tohir Abdurashidov va…

AHOLI FAROVONLIGIGA QARATILGAN OYLIK

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘lamini yanada kengaytirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalari holatini yaxshilash, “mahalladan xonadongacha” tamoyili asosida mahallalar hududlarini obodonlashtirish orqali aholi farovonligini oshirishga qaratilgan 459-F-son Farmoyish 18-bandida belgilangan…

O‘zbekiston Prezidenti Shusha shahrida bo‘ldi

Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va rafiqasi hamrohligida Shusha shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar. Shusha “Qorabog‘ durdonasi”, “Kavkaz san’ati markazi” va “ozarbayjon musiqasi beshigi” nomlari bilan ma’lum. Shahar bir qator taniqli fan, madaniyat va san’at arboblari vatanidir. 2021-yildan buyon Shusha Ozarbayjonning madaniy poytaxti hisoblanadi, 2023-yilda esa…

Qorabog‘da Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifining ikkinchi kunida ikki davlat rahbarlari rafiqalari bilan birga Fuzuliy va Shusha shaharlariga tashrif buyurdilar. O‘tgan qariyb 30 yilda Fuzuliy butkul vayron bo‘lib, “arvoh shahar”ga aylangan edi. Harbiy harakatlarga qadar bu yerda 18 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qilgan. 2020-yilda qayta tiklash ishlari boshlangach, shaharga asta-sekin hayot qaytmoqda. Uy-joylar…

O‘zbekiston Prezidenti Fuzuliy shahriga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifining ikkinchi kuni rafiqasi bilan birga Fuzuliy shahriga keldi. Oliy martabali mehmonlarni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va rafiqasi kutib oldi. Shahar buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliy sharafiga nomlangan. O‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarigacha Fuzuliy tumanida sanoat va qishloq xo‘jaligi rivojlangan. Bu yerda kutubxonalar, madaniyat uylari, muzeylar,…