Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan iste’molchilarga asossiz qarzdorliklar hisoblanganligi, “Veolia Energy Tashkent” MChJ va “Toshissiqquvvati” DUKlar yuqoridagi holatlar bo‘yicha sansalorlikka solayotganligi yuzasidan bildirilgan ma’lumotlar bo‘yicha Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 594-son qaroriga asosan “Toshkent shahri issiqlik ta’minoti…

Rasmiy munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 11-may kuni o‘tkazilgan hududlarda energiya ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish holatiga bag‘ishlangan yig‘ilishda: mamlakatimizga benzin va dizel yoqilg‘isini olib kelishga barcha cheklovlar olib tashlanganligi; mutasaddilar oldiga hozirdan benzin va dizel zaxirasini shakllantirish vazifasi qo‘yilganligi; yoqilg‘i olib keluvchi tadbirkorlarga aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratilishi belgilanganligi; yaratilgan sharoitlar…

Qabul qilingan hujjatlar ko‘p qirrali O‘zbekiston-Singapur munosabatlarining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Xususan, tashrif davomida quyidagi hujjatlar imzolandi: – O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Singapur Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik to‘g‘risida memorandum; – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Singapur Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum; – O‘zbekiston Respublikasi…

O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar

Bugun, 24 may kuni, “Ko‘ksaroy” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqubning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida Singapur Prezidenti mamlakatimiz rahbariga O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelish taklifi va Singapur delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan iliq qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Bo‘lajak O‘zbekiston Prezidenti saylovida katta muvaffaqiyatlar tiladi. Ushbu oliy darajadagi tashrif ikki mamlakat…

Singapur Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi. Bugun, 24-may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Singapur rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini…

XALQARO HAMKORLIK

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining vakillari Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan Seul shahrida (Koreya Respublikasi) tashkil etilgan va joriy yilning 21-mayidan 3-iyun kuniga qadar davom etadigan xalqaro tajriba almashinuv dasturida ishtirok etishmoqda. “Raqobat qonunchiligi va bozor iqtisodiyotini rivojlantirish” deb nomlangan ushbu dasturda O‘zbekiston bilan birgalikda Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlari vakillari…

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish holati ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy muassasalar va davlat idoralarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish holati bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Davlatimiz rahbarining shu yil 16 fevraldagi qarori bilan bu boradagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha dastur qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, joriy yilda ijtimoiy soha va davlat idoralarida 220 megavatt quvvatli quyosh panellarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Yig‘ilishda mutasaddilar shu…

Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish choralari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning birinchi moddasida O‘zbekiston ijtimoiy davlat ekani belgilab qo‘yildi. Bu boradagi eng katta sohalardan biri ta’limdir. Uni izchil rivojlantirish maqsadida, ma’muriy islohotlar doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkil etildi. Tizimni tarkibiy maqbullashtirish, zamonaviy dasturlarni joriy…

TOSHKENT “MAKON MARKETING FORUM 2023″ Qo’mita raisi chiqishi

TOSHKENT “MAKON MARKETING FORUM 2023″ tadbiri davomida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Sh.Sharaxmetov so‘zga chiqib barcha ishtirokchilarga qarata «Bizda bir qadriyat darajasiga ko‘tarishimiz lozim bo‘lgan mavzu bor… u ham bo’lsa barcha ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilar o’z iste’molchilaridan minnatdor bo’lishlari lozim. Bizning o‘ylashimizcha, barcha jarayonlarda iste’molchilar emas, aynan ular mijozlarga rahmat…

“MAKON MARKETING FORUM 2023” V XALQARO MARKETING BIZNES-FORUMIda ko‘plab sohalarda g‘oliblar aniqlandi

Axborot texnologiyalari va texnologik yechimlar, mobil ilovalar yo‘nalishida: MY.GOV.UZ portali va «Soliq» mobil ilovasi g‘olib deb topildi. Bu chinakam xalq tanlovi bilan g‘oliblar aniqlanganining bir isboti deb ayta olamiz. Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.Kudbiyev ham ishtirok e’tib, «Soliq» mobil ilovasi xalq tanlovi bilan g‘olib deb topilgani va ushbu soha rivojlanishida qo‘shayotgan hissasi uchun Forum…