2023-yilning iyul oyida «Monopoliyaga qarshi ekspertlar kengashini tuzish yuzasidan» kelishuv imzolangani to’g’risida habar bergan edik.
Joriy yilning 2-aprel kuni Qo’mita rahbariyati boshchiligida Raqobat qo’mitasi huzuridagi Monopoliyaga qarshi ekspertlar kengashi a’zolari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida Monopoliyaga qarshi ekspertlar kengashi nizomi tasdiqlanganligi va ekspertlar Kengash raisi etib Zafar Vahidov («Vakhidov & Partners») saylanganligi ma’lumot o’rnida keltirib o’tildi.
Ushbu Ekspertlar kengashi Raqobat qo’mitasi huzuridagi jamoatchilik asosida faoliyat yurutuvchi mustaqil kengash hisoblanadi.
Monopoliyaga qarshi ekspertlar kengashining asosiy maqsadlari sifatida,
🔘Raqobat, monopoliyaga qarshi tartibga solish, qo’shib yuborish va qo’shib olish ustidan nazorat qilish sohalaridagi qonunchilik va siyosatni takomillashtirishga ko‘maklashish
🔘Raqobat sohasidagi dolzarb huquqiy masalalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borish
🔘Qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga ko‘maklashish
🔘Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish sohasida samarali davlat siyosatini shakllantirishda ishtirok etish
🔘Monopoliyaga qarshi ekspertlar o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish kabi yo‘nalishlarni keltirib o‘tish mumkin.