#Xalqaro_seminar
O‘tkazilayotgan seminar doirasida AQSH Savdo vazirligining tovar fyucherslari bozori bo‘yicha xalqaro eksperti Kevin Pikkoli tovar fyucherslari bozorlarining ishlash tamoyillari, fyuchers shartnomalarining narxlar barqarorligini ta’minlash va bozor ishtirokchilarining xavflarini boshqarishdagi ahamiyati haqida taqdimot qildi.
CLDP dasturining xalqaro maslahatchisi Aleyena Nasir Raqobat qo‘mitasi bilan o‘rnatilgan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan AQSH safari doirasida imzolangan Yo‘l xaritasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini tashkil etish, Raqobat qo‘mitasining tovar fyucherslarini tartibga solish sohasidagi kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan amaliy seminarlarning natijadorligi yuqori ekanligi ta’kidlab o‘tdi.
Seminar doirasida tovar fyucherslari bozorlarining ishlash tamoyillari, birja savdolari, hisob-kitob va kliring tizimlari, komplayens talablari, AML/KYC mexanizmlari, bozor monitoringi, xavflarni boshqarish, huquqiy ta’sir choralari (enforcement) hamda bozor yaxlitligini ta’minlash masalalari keng muhokama qilinmoqda.








