Xodimlar malakasini oshirishga e’tibor qaratilmoqda
Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan Qo‘mita va uning hududiy organlari xodimlari uchun “FAIR TECH” yagona axborot tizimi hamda uning tarkibidagi modullardan foydalanish bo‘yicha ikki kunlik malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi.
O‘quv kursi davomida ishtirokchilarga “FAIR PRICE”, “Product Info”, “FARM INFO”, “Iste’molchi murojaati”, “Tender savdolari”, “KPI”, “Konsentratsiya”, “Marketplace” va “Birja nazorati” kabi modullardan foydalanish tartibi hamda Qo‘mitaning interaktiv xizmatlar portali (my.fairtech.uz) imkoniyatlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.
O‘quv kursi yakunida Raqobat qo‘mitasi raisi ishtirokida xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, axborot tizimini qo‘llash jarayonida uchrayotgan muammolar, ularning yechimlari hamda tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.
O‘quv kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Mazkur o‘quv kursi Qo‘mita tizimida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, xizmatlar sifatini oshirish hamda xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.








