Ijtimoiy tarmoq orqali (https://www.facebook.com/groups/Potrebitel.Uz/posts/7568253389868603/ )
“Biz “nodir” bo’tqa sotib oldik. Agar do’kon yillar davomida yaroqlilik muddatini tekshirmasa, ular qancha odamni zaharlagan? Balki, Toshkentda qayg‘uradigan amaldorlar bordir?” mavzusida murojaat qoldirilgan.
Mazkur murojaat yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni bildiradi.
O‘rganishlar davomida Ya.T.T. Nurmatov A.D.ga tegishli savdo obyektida mahsulotlar saqlanishi va yaroqlilik muddatiga e’tibor qaratilmagani oqibatida 16-mart 2021-yilda ishlab “Геркулес пшенные хлопя” mahsulotining yaroqlilik muddati o‘tib ketgani, mahsulot qadog‘ida yaroqlilik muddati 12 oy belgilanganiga qaramay, oradan bir yarim yildan ortiq vaqt o‘tishiga qaramay sotuvda ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Jumladan, yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni sotish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qarori Chakana savdo Qoidalariga zid hisoblanadi.
Yaroqlilik (saqlash) muddati — muayyan davr bo‘lib, bu davrda tovar foydalanishga yaroqli bo‘ladi va u tamom bo‘lgach, tovar odamlar hayoti hamda sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunda tushuncha berib o‘tilgan.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, do‘kondagi barcha oziq-ovqat mahsulotlarining ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati qayta nazoratdan o‘tkazildi. Tadbirkorlik subyektining mas’ul xodimi yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlarni huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran bir hafta ichida ixtiyoriy ravishda bartaraf etdi.