“Biznes rivojining asosiy omili — mijozga sodiqlik va iste’molchilar huquqlari ustuvorligi” mavzusidagi xalqaro trening davom etmoqda.
Tadbirni Diyor Mirzaaxmedov — O‘zbekiston Marketing uyushmasi boshqaruv raisi, Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi moderator sifatida olib bormoqda.
Trening doirasida xalqaro va milliy ekspertlar quyidagi mavzularda ma’ruzalar bilan ishtirok etmoqdalar:
✅ Lia Grauberger — “Iste’molchilarga yo‘naltirilgan biznes: xalqaro tajriba va amaliyot” mavzusida; German Sparkassenstiftung tashkilotining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqobat bo‘limi boshlig‘i, xalqaro biznes trener;
✅ Akmal Nasriddinov — “Iste’molchilarga yo‘naltirilgan biznes: savdoni oshirish instrumentlari” mavzusida; Marketbridge hamda Marketbridge Events kompaniyalarining asoschisi;
✅ Anvar Abduqayum — “Iste’molchilarga yo‘naltirilgan biznes bo‘yicha amaliy tajriba” mavzusida; O‘zbekiston biznes va sanoat kengashi raisi, “Toy bola” brendi asoschisi;
✅ Oybek Muhammadrasul — “Iste’molchilarga yo‘naltirilgan biznes: korzinka.uz da iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlash tizimi” mavzusida; korzinka.uz yuristi.
Treningda biznesni iste’molchilar ehtiyojlariga yo‘naltirish, mijozlar ishonchini mustahkamlash, halol raqobatni rag‘batlantirish va iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ma’ruzalar davomida ishtirokchilar milliy va xalqaro tajriba asosida iste’molchilarga yo‘naltirilgan biznes modellarini rivojlantirish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida mijozlar bilan samarali ishlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda sohani tartibga solishga qaratilgan yangi normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar.








