#E’lon
Joriy yilning 23–24-sentyabr kunlari Raqobat qo‘mitasi tomonidan German Sparkassenstiftung tashkiloti ko‘magida Savdo-sanoat palatasi hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan hamkorlikda “Biznes rivojining asosiy omili – mijozga sodiqlik va iste’molchilar huquqlari ustuvorligi” mavzusida xalqaro trening o‘tkazilish rejalashtirilgan.
‼️ Tadbirdan maqsad — biznes faoliyatida iste’molchilar huquqlari ustuvorligini ta’minlash hamda mijozga sodiqlikni shunchaki majburiyat emas, balki iste’molchi ishonchi, sadoqati va kompaniyaning uzoq muddatli foydasi poydevori sifatida qarash yondashuvini shakllantirish.
👥 Mahalliy va xorijlik ekspertlar ishtirokida bo‘lib o‘tadigan mazkur tadbirda quyidagilar spiker sifatida ishtirok etishi kutilmoqda:
➡️ Ulug‘bek Davlatov — Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari;
➡️ Diyor Mirzaaxmedov — O‘zbekiston Marketing uyushmasi boshqaruv raisi;
➡️ Lia Grauberger — German Sparkassenstiftung xalqaro biznes treneri;
➡️ Akmal Nasriddinov — Marketbridge hamda Marketbridge Events kompaniyalarining asoschisi;
➡️ Anvar Abduqayum — “Toy bola” brendi asoschisi, O‘zbekiston biznes va sanoat kengashi raisi va boshqalar.
🗓 Sana: 2026-yil 23–24-sentyabr
🕰 Boshlanish vaqti: 09:00
📍 Manzil: Wyndham Tashkent mehmonxonasi, Toshkent shahri
⚡️ Ushbu mavzuga qiziqish bildirgan tadbirkorlik subyektlarini xalqaro treningda ishtirok etishga taklif qilamiz.








