Joriy yilning 15-mart kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi binosining ochilishi marosimi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.
Masrosimni Raqobat qo‘mitasi raisi o’rinbosari Asadulla Qayumov ochib berdi.
Markaz faoliyatining asosiy maqsadi – tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, shu jumladan, bozorlarga yangi ishtirokchilar kirishidagi to‘siqlarni aniqlash, mavjud imtiyoz va eksklyuziv huquqlarning raqobatga ta’sirini baholash, ustun mavqeni egallab turgan bozor ishtirokchilarni aniqlash, monopoliyani tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish, bozorlarni respublikada ishlab chiqarilgan mahsulotlarga to‘yinganligi darajasini aniqlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini takomillashtirish hamda tabiiy monopoliya sohalarini tartibga solish bo‘yicha strategik dasturlar ishlab chiqish hamda mamlakat iqtisodiyotini isloh qilishning bugungi bosqichdagi boshqa dolzarb vazifalarni hal etishda iqtisodiyot fanining rolini kuchaytirish.
Shungigdek, Markaz binosi ochilishida German Sparkassenstiftung tashkiloti bilan hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.
Memorandum moliyaviy taʼlim, aholini o‘qitish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy xizmatlarni masʼuliyatli taklif qilish kabi komponentlarni kuchaytirishga qaratilgan.
Tomonlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshirish niyatidalar:
- moliyaviy sektorda isteʼmolchilarning himoyasini mustahkamlash;
- moliyaviy xizmatlar sohasida isteʼmolchilik munosabatlarini shuningdek, iste’molchilarning xatti-harakatlari tahlil qilish va isteʼmolchilik siyosatini kuchaytirish;
- moliya bozori bo‘yicha birgalikda maʼruzalar va trening kurslari o‘tkazish hamda umumtaʼlim muassasalari uchun o‘quv materiallar tayyorlash.