RAQOBAT QO‘MITASINING RASMIY AXBOROT RESURSLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF–269-son hamda 2023-yil 25-yanvardagi PF–14-son Farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tashkil etilgan.
Shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vazifa va funksiyalari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga o‘tkazilgan.
Shu munosabat bilan, ilgari Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi nomidan yuritilgan ayrim veb-resurslar va ijtimoiy tarmoq sahifalari bugungi kunda Raqobat qo‘mitasining amaldagi rasmiy axborot resurslari hisoblanmaydi hamda Qo‘mita tomonidan yuritilmaydi va nazorat qilinmaydi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining sobiq axborot resurslari:
- Veb-sayt: consumer.uz
- Instagram: instagram.com/consumeruz
- X (Twitter): twitter.com/consumeruz
- Facebook: facebook.com/consumeruz
- YouTube: youtube.com/c/consumeruz
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining sobiq ijtimoiy tarmoq sahifalari:
- Facebook: facebook.com/AntimonUz
- Instagram: instagram.com/antimonuz
Mazkur resurslar faoliyati tugatilgan davlat organlari va tuzilmalarga tegishli bo‘lib, ularda joylashtirilayotgan yoki keyinchalik joylashtirilishi mumkin bo‘lgan axborotlar uchun Raqobat qo‘mitasi mas’ul hisoblanmaydi.
Raqobat qo‘mitasining amaldagi rasmiy axborot resurslari:
- Rasmiy veb-sayt: https://raqobat.gov.uz
- Telegram: https://t.me/RaqobatGovUz
- Instagram: https://www.instagram.com/raqobatgovuz/
- Facebook: https://www.facebook.com/raqobatgovuz
- YouTube: https://www.youtube.com/@raqobatgovuz
Fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda boshqa foydalanuvchilardan Raqobat qo‘mitasi faoliyatiga oid rasmiy va ishonchli ma’lumotlarni faqat yuqorida ko‘rsatilgan amaldagi rasmiy axborot resurslari orqali olishlarini so‘raymiz.


