O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga keldi.
Aeroportda davlatimiz rahbarini Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Bugun Turkmaniston poytaxtida O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi.