Joriy yilning 4-iyun kuni Raqobat qo’mitasi rahabariyati boshchiligida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o’tdi.
Uchrashuvda, istiqbolda “Raqobatbardoshlikni ta’minlashning adolatli bozor shartlari” loyihasi doirasida hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar hamda loyihalar muhokama qilindi.
Xususan, uchrashuvda Qo‘mita mutasaddilari tomonidan raqobat muhitini yaxshilash maqasadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shu jumladan, hukumat tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi.
Jumladan, hozirda dunyoning yirik ilg‘or kompaniyalari tomonidan O‘zbekistonning tovar, moliya va raqamli bozorlarida barcha ishtirokchilar uchun teng raqobatbardosh sharoitlarni yaratishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishga ko‘rsatilayotgan jiddiy qarshiliklarni bartaraf etish hamda ilg‘or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlarni amalda implentatsiya qilishni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga, shungdek, Qo‘mitaning institutsional salohiyatni oshirishga kelishib olindi.
Bundan tashqari, uchrashuv ishtirokchilari raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tovar, moliya va raqamli bozorlaridagi davlat ishtirokidagi korxonalar ulushini qisqartirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, hukumat tomonidan qabul qilingan islohotlar, shuningdek ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan istiqbolli loyihalarni muhokama qilishdi.