E‘LON!

2024-yil 23-fevral kuni soat 14:00 da АOKА binosida brifing boʼlib oʼtadi. Mavzu: “Narxlar va tariflarni nazorat qilish hamda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish sohasida amalga oshirilgan ishlar” Brifingda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi maslahatchisi Otabek Usmonov ma’lumot beradi («O‘zbekiston 24» va «UzReport TV» telekanallari hamda Youtube tarmogʼi orqali onlayn yoritiladi).

SAVOL: Kassaga puli to‘laguncha mahsulotni iste‘mol qilish mumkinmi?

FUQARODAN SAVOL: – Kassaga puli to‘laguncha mahsulotni iste‘mol qilish mumkinmi? JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 424-moddasida Oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining sotib oluvchiga topshirilgan tovarga mulk huquqi tovar haqi to‘langunga yoki boshqa holatlar yuz bergunga qadar saqlanishi nazarda tutilgan. Sotib oluvchi mulk huquqi o‘ziga o‘tguncha tovarni o‘zgaga berishga yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli emas. Topshirilgan tovarning…

MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI

“15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” onlayn olimpiadasi o‘tkazilmoqda. Tanlov ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi: 1️⃣-bosqich 2024-yil 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining olimpiada.edu.uz elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tgan talabalar o‘rtasida…

BENZIN SIFATI NAZORATDAN O‘TKAZILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi “O‘ZENERGOINSPEKSIYA” Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda aholini sifatli benzin mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida joylarda AI-92 va AI-95 markali yoqilg‘i mahsulotlarining sifatini o‘rganish bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazdi. Xususan, Samarqand tumanida joylashgan “KUTFI-BOBO” MChJ hamda Toyloq tumanidagi “BOG‘IZAG‘ON ABDUGAFFOR” MChJ ga qarashli…

Ta’ziya

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi chuqur taassuf bilan Qo‘mita huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi direktori o‘rinbosari, iqtisod fanlari nomzodi, “Shuhrat” medali sohibi Ortiqov Hudaybergan Azimboyevich vafot etgani haqida xabar qiladi. Hudaybergan Azimboyevich 1974-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan va uzoq yillarda iqtisodiy-moliyaviy sohada davlat boshqaruvining turli jabhalarida faoliyat yuritib yurtimizda amalga…

Davlat organlarida jamoatchilik bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ochiqlikni ta’minlash hamda OAV bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish

Ayni damda Raqobat qoʻmitasi binosida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlikda “Davlat organlarida jamoatchilik bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ochiqlikni ta’minlash hamda OAV bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish” mavzuiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari boʻlib oʻtmoqda. Seminar axborot xizmati xodimining kasbga yangicha yondashuvi, malakasi va mahoratini yanada oshirishga qaratilgan.

SAVOL: -Ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste’molchining qanday huquqlari bor?

FUQARODAN SAVOL: –Ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste’molchining qanday huquqlari bor? JAVOB: Ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shart. Ishni bajarish (xizmat ko‘rsatish) muddati ish bajarilishi (xizmat ko‘rsatilishi) lozim bo‘lgan sanaga (davrga), shuningdek, ijrochi ishni bajarishga (xizmat ko‘rsatishga)…

QO‘MITA KO‘RSATMASI BILAN FUQAROGA 120 MLN SO‘MDAN ORTIQ SUG‘URTA MUKOFOT PULI QAYTARILISHI TA’MINLANDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga sug‘urta pulini olish masalasida amaliy yordam berishlarini so‘ragan fuqaro S.Yo.ning murojaati o‘rganib chiqildi. Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan  o‘rganishlarda  fuqaro “AGROS HAYOT SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ  bilan  hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma imzolagani, biroq muddati tugagan bo‘lsa-da, jamg‘arilgan sug‘urta mukofot pullarini o‘z vaqtida…

MUROJAAT FUQARO FOYDASIGA HAL ETILDI

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida istiqomat qiluvchi L.A.ning “HUMANS”  MChJ  xizmatidan norozilik bildirib qilgan murojaati Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Fuqaro 2023-yilning 23-noyabrida televizor uchun buyurtma berganligi, biroq televizor vaqtida yetkazib berilmaganligidan norozi bo‘lib, Raqobat qo‘mitasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qoldirgan. Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining…