Hurmatli transport vositalari egalari!

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan barcha hududiy boshqarmalariga metan gaz narxlarini sunʼiy ravishda oshirish holatlarini oldini olish boʻyicha aniq topshiriq berilganligi maʼlum qilingan. Ushbu masalada hududiy boshqarmalar tomonidan doimiy nazorat oʻrnatilgan boʻlib, barcha AGTShKlarga narxlarni asossiz oshirmaslik va xizmat koʻrsatishni asossiz toʻxtatmaslik boʻyicha ogohlantirishlar berilgan. Shu munosabat bilan, hududingizda faoliyat koʻrsatayotgan AGTShKlar tomonidan narxlarni asossiz…

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi metan gaz quyish shoxobchalarida narxlarni sun‘iy oshirilishi yuzasidan ogohlantiradi!

Hurmatli tadbirkorlar! Kuz-qish mavsumida ob-havoning sovushi sababli ayrim hududlarda metan gaz quyish shoxobchalarida cheklovlar kiritish toʻgʻrisida mutasaddi idoralar tomonidan axborot berilgan. Ammo bu holat avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan metan gazi narxlarining oshishiga sabab boʻla olmaydi. Oʻz navbatida, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan metan gaz narxlari doimiy monitoring qilib borilayotganligi va tadbirkorlar tomonidan avtomobillarga gaz…

«Schiever» kompaniyasi guruhiga mansub “bi1” do‘konlar tarmog‘ining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan savdo tarmoqlari vakillari bilan sohada kuzatilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish yuzasidan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Xususan, bugun Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Qayumov Asadulla O‘rolovich hamda Fransiyaning xalqaro Schiever kompaniyasi guruhiga mansub “bi1” do‘konlar tarmog‘ining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida,  mamlakatimizda iqtisodiyotda raqobatni…

“Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilayotgan oʻzgarishlar, kutilayotgan yangiliklar

2022-yil 30-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilayotgan oʻzgarishlar, kutilayotgan yangiliklar mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-sonli “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish…

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Toshkent moliya instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi

Memorandumning maqsadi raqobat siyosati sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish va buning natijasida davlatning iqtisodiy taraqqiyoti uchun amaliy yechimlar, davlat boshqaruvi uchun institutsional innovatsiyalar ishlab chiqish tizimini yaratish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish, talabalarning nazariy va amaliy tayyorgarligi o‘rtasida o‘zaro aloqani taʼminlash, inson resurslarini samarali boshqarishning zamonaviy tizimlari asosida raqobatbardosh…

JSTga a‘zolik: Qo‘mitada ishchi guruhi yig‘ilishiga tayyorgarlik yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi jarayonida mazkur tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan ikki va ko‘p tomonlama muzokaralarga respublikaning pozitsiyasi va tegishli hujjatlarini sifatli va o‘z vaqtida tayyorlash maqsadida joriy yilning 25-noyabr kunida Qo‘mita binosida xalqaro ekspert Viktor Kroshet, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakili hamda Qo‘mita raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev, shuningdek Qo‘mita markaziy…

“JAMOAM – MENING OILAM VA IMKONIM” mavzusida Qo‘mita xodimlari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasida “Jamoam – mening oilam va imkonim” mavzusida xodimlar ishtirokida ish unumdorligiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi, kasbiy mahoratini yuksaltiruvchi va xodimlarga motivatsiya beruvchi maʼnaviy psixologik trening tashkil etildi. Unda Qoʻmita va Agentlik hamda Axborot texnologiyalarini joriy etish markazi xodimlari ishtirok etishdi. Treningni Falsafa fanlari doktori, professor, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi, xalqaro toifadagi spiker,…

Qoʼmita hamda Gruziya Milliy raqobat agentligi oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Аvval xabar berilganidek, Gruziya Milliy raqobat agentligining taklifiga binoan Qoʼmita vakillari joriy yilning 16-17 noyabr kunlari Tbilisi shahrida oʼtkazilayotgan “Raqobat va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish” mavzusida xalqaro konferentsiyada ishtirok etmoqda. Tadbirning birinchi kuni, yaʼni 16 noyabr kun tartibidan oʼrin olgan quyidagi bir qator panel sessiyalarda Qoʼmita vakillari ishtirok etdi. –      Raqobat siyosati va…

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakillari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishmoqda

Gruziya Milliy raqobat agentligining taklifiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qo‘mitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori Xaitmetov Elmurat Sidikmatovich hamda Qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga taʼsirini hamda davlat ko‘magini samaradorligini baholash boshqarmasi boshligʼi Fayazov Ulug‘bek Nabijanovich joriy yilning 16-17 noyabr kunlari Tbilisi shahrida o‘tkazilayotgan “Raqobat va isteʼmolchilar huquqlarini…

Xalqaro ekspertlar tomonidan bir haftalik seminar-treninglarga start berildi

Xalqaro hamkorlik doirasida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) “Markaziy Osiyo energetikasi” loyihasi doirasida AQShning “Tetra Tech” tashkiloti tomonidan “Tarmoq sanoatlarida bozorni erkinlashtirish hamda transformatsiya qilish” mavzusida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlari salohiyati hamda ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan bir haftalik seminar-treninglarga start berildi. Ma’lumot uchun: USAIDning “Markaziy Osiyo energetikasi” loyihasi doirasida “Tetra Tech”…