Iste’molchilardan ortiqcha undirilgan pullar majburiy tartibda qaytariladi.

Bugungi kunda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan. Qo‘mita tomonidan tadbirkorlar va iste’molchilarning xaq-huquqlarini himoyalash bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga tadbirkorlik subyektlaridan ko‘plab murojaatlar kelib tushadi. Murojaatlarning aksariyati tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asossiz qarzdorliklar hisoblash va undirishdir. Birgina misol tariqasida, Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani Sho‘r-suv shaharchasida…

Hamkorlik

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasida Jahon banki maslahatchilari va Transport hamda logistika sohasidagi АЛГ konsalting kompaniyasi vakillari bilan aviasiya sohasida ko`rsatilayotgan xizmatlar, ushbu xizmatlar uchun tariflar belgilash mexanizmlari yuzasidan uchrashuv bo`lib o`tdi. Mazkur uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 yanvar kunidagi 21-F-sonli farmoyishiga muvofiq, fuqaro aviasiyasi sohasida boshlangan islohotlar yakunlash va raqobat muhitini yaratish,…

DIQQAT TEZKOR! Iste’molchilar diqqatiga:

Bugungi kunda ichki bozorlardagi shakar mahsuloti narxining asossiz keskin oshishi kuzatilmoqda. Rossiya va Ukraina davlatlari tomonidan shakar eksporti to’xtatilganligining O’zbekistonga hech qanday ta’siri yo’q. Bu ikki davlatning ichki bozordagi ulushi bor-yo’g’i 2% ni tashkil etadi. Bugungi kunda mahalliy shakar zavodlari shakar xomashyosini jaxon birja kotirovkalariga nisbatan arzon narxlarda Braziliya davlatidan xarid qilishmoqda. O’zbekistonda ikkita –…

2021-yilda Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

2021-yilda Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Birinchidan, insofsiz raqobatga yo’l qo’yilmasligi bo’yicha. O’tgan yilda ushbu yo’nalishda 261 ta murojaat o’rganib chiqildi, natijada 68 ta holatda insofsiz raqobatga yo’l qo’yilganligi aniqlanib, belgilangan tartibda ish qo’zg’atildi va qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Bundan tashqari, texnik chigitni sotishda kelishib olingan harakatlar…

TAHLILIY MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga 2021 yil 1 yanvardan 31 dekabr kuniga qadar jami 43892 ta yozma, elektron va og‘zaki murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 5694 ta yozma, 11286 ta elektron (Virtual qabulxona, veb-sayt va elektron pochta), 26912 ta og‘zaki (shaxsiy qabul, sayyor qabul, mas’ul xodimlar qabuli va ishonch telefon) murojaatlarni tashkil etdi. Mazkur…

Aholiga extiyojlari uchun issiqlik energiyasi yetkazib berishda iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi qanday tartibda hisoblanadi?

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmlari va qo’llanilgan tariflarning qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o’rganish va tahlil ishlari olib borildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12- yanvardagi 22-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining 153-bandi ikkinchi xat boshisida aholiga elektr energiyasi yetkazib…

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

So’nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo’yishga qaratilgan keng ko’lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan takomillashtirish bo’yicha belgilangan vazifalar korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta’sirchan tizimini yaratishni taqozo etmoqda. Bu borada Monopoliyaga qarshi kurashish…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qashqadaryo viloyatidagi chigit mojarosi yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan 2022-yil 5-yanvar kuni munosabat bildirilgan. Rasmiy munosabatda holat oʻrganilishi va oʻrganish natijalari yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berilishi koʻrsatib oʻtilgan edi. 2022-yil 3-fevral kuni qoʻzgʻatilgan ish yakuni boʻyicha munosabat eʼlon qilindi. Shunga qaramay ijtimoiy tarmoqlarda yana turli savollar va fikrlar bildirildi. Monopoliyaga qarshi kurashish…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda dorixonalarda o’tkazilgan tezkor reydlar natijasida «Yodomarin», «Kardiomagnil» va «Nimesil» dorilarining qalbaki turlari aniqlanganligi hamda Muxbir Daliyev kanali orqali “Berlin Chemie AG Menarini Group kompaniyasining «Dikloberl N» dori vositasini O’zbekistonda «Diklobiril Mr» nomi ostida «MERRYMED FARM» kompaniyasi savdoga chiqargan” nomli maqolalar e’lon qilingan. O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan “MERRYMED FARM”…

TAYINLOV

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi. Ashurov Jaxongir A’zamovich –  Samarqand viloyati Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari –Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va r eklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi boshlig’i etib tayinlandi. Ashurov Jaxongir A’zamovich – 1982-yil Samarqand viloyati Payariq tumanida tug’ilgan. 2001-2005-yillar davomida Samarqand iqtisodiyot va servis…