ISTE’MOLCHIGA SUG‘URTA TOVONI UNDIRIB BERILISHI TA’MINLANDI

Raqobatni rivojlantirish va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti veb sayti orqali Hazorasp tumanida istiqomat qilayotgan fuqaro tomonidan murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatda fuqaro, 14.02.2023 yilda sug‘urta kompaniyasi bilan shartnoma imzolaganligi shartnoma shartlariga asosan sug‘urta polisi bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan “COBALT” rusumli avtomobil o‘z o‘zidan yonib ketganligi sababli, sug‘urta…

RAQOBAT QO‘MITASI FUQAROLIK, MAʼMURIY HAMDA IQTISODIY SUDLARGA MUROJAAT QILISH CHOG‘IDA DAVLAT BOJINI TO‘LASHDAN OZOD ETILDI

Prezident tomonidan imzolangan qonun (O‘RQ–855, 13.07.2023-y.) bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchaga ko‘ra, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy hamda ma’muriy sudlarga murojaat qilish chog‘ida davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan…

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi raisi o’rinbosari F.Karabayev boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan…

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi raisi o’rinbosari F.Karabayev boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida ko‘plab korxonalar faoliyati bilan tanishilib, muammo va takliflar o‘rganilib, tadbirkorlar bilan muloqot oʼtkazildi. Bugun Qoʼmita raisi oʼrinbosari F.Karabayev tomonidan Namangan shahridagi “Ismoil Sanoat servise” MCHJ (D.Maretti) korxonasi ish…

Logotip yaratish bo’yicha tanlov!

Tashkilotchi: Raqobatni rivojlantirish va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi O’tkazilish sanasi: 15-iyul 2023-yil Loyihalarni qabul qilishning oxirgi sanasi: 27-iyul (soat 00:00 gacha) 2023-yil Shart: Raqobatni rivojlantirish va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining logotipini yaratish. Oʻz ijodingiz va kreativ gʻoyalaringiz bilan 5 000 000 so‘m pul mukofotiga ega boʻlishni qoʻldan boy bermang! Tanlovda barcha yuridik va…

QO‘MITANING SURXONDARYO VILOYAT HUDUDIY  BOSHQARMASI TOMONIDAN 2023-YIL 1-YARIM YILLIKDA 500 GA YAQIN MUROJAATLAR KO’RIB CHIQILDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish bo‘limi joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida iste’molchilardan jami 476 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan; 189 tasi – uy-joy kommunal, transport sohasiga, 213 tasi – Savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari sohasiga, 54…

DAVLAT XARIDLARI DOIMIY NAZORATDA

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, Respublikamiz yalpi ichki mahsulotining 28 foizi miqdoridagi mablag‘lar davlat xaridlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan. Bu esa o‘z o‘rnida davlat xaridlari sohasida raqobat muhitini shakllantirish va qonun ustuvorligini ta’minlash dolzarbligidan dalolat beradi. Batafsil «Zarafshon» gazetasining 2023-yil 12-iyul kungi soni mutolaa uchun havola qilinadi.