QOZON SHAHRIDAGI XALQARO MIQYOSIDAGI O‘QUV KURSI

Qo‘mitaning Jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish xizmati xodimlari Qozon shahridagi Xalqaro miqyosidagi o‘quv kursida ishtirok etishmoqda.Ushbu o‘quv kursi 19-20 iyun kunlari Rossiya Federal monopoliyaga qarshi kurashish xizmatining O‘quv-uslubiy markazida bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘quv dasturida ko‘plab davlatlarning Monopoliyaga qarshi organlarining Axborot xizmati xodimlari ishtirok etmoqda.O‘quv kursida jamoatchilik bilan aloqalarini tashkil etish, OAVlar bilan yangi formatda ishlash,…

TIZIM FAOLIYATI UCHUN MAS’ULLAR MALAKASI OSHIRILMOQDA

Avval xabar berilganidek, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini samarali joriy etish – faoliyatning raqobat qonunchiligiga muvofiqligini ta’minlash garovi” mavzusida navbatdagi o‘quv-seminarlari o‘tkazildi. Monopol korxonalarning monopoliyaga qarshi komplayens tizimi faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘quv-seminari tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ishtirokchilarga raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari…

ASOSSIZ QARZDORLIKNI QAYTARISH BO‘YICHA KO‘RSATMA BERILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga “Bekabod Rice Klaster” MChJ  tomonidan murojaat kelib tushgan. Murojaatda qayd etilishicha, Bekobod tuman Zafar elektr ta’minoti korxonasi bilan “Bekabod Rice Klaster” MChJ o‘rtasida 2021-yil 1-iyunda 22-0737-sonli elektr energiyasini yetkazib berish shartnomasi tuzilganligi va mazkur shartnomaning 1-ilovasiga asosan texnik shart bo‘yicha 482 kVtgacha ruxsat…

QO’MITA RAHBARIYATI “GERMAN SPARKASSENSTIFTUNG” MUTASADDILARI BILAN UCHRASHUV O’TKAZDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Sh.Sharaxmetov boshchiligidagi mutasaddilar xalqaro hamkorlik bo‘yicha “German Sparkassenstiftung” vakillari bilan muzokaralar o’tkazishdi. O’tkazilgan muzokaralar doirasida hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar, tomonlar o‘rtasida yangi Memorandumni imzolash bo‘yicha hamkorlik qilish va hamkorlikning istiqboldagi rejalari muhokama qilindi.

MONOPOLIYAGA QARSHI KOMPLAYENS TIZIMINI SAMARALI JORIY ETISH – FAOLIYATNING RAQOBAT QONUNCHILIGIGA MUVOFIQLIGINI TA’MINLASH GAROVI  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 114-son qaroriga muvofiq davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, monopol korxonalar va korporativ buyurtmachilar faoliyatida monopoliyaga qarshi komplayens tizimini bosqichma-bosqich joriy etish belgilangan bo‘lib, bugungi kunga qadar jami 102 ta shundan, 14 ta tabiiy monopoliya subyektlarida, 25 ta tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega…

“MEN DONORMAN!” xayriya aksiyasi tashkil etildi

Inson salomatligi uchun savob ishga bel bog’lash xalqimizning qanchalik bag’rikeng va olijanob ekanligidan dalolat beradi. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi markaziy apparatida7-iyun kuni “MEN DONORMAN!” xayriya aksiyasi tashkil etildi. Xayriya aksiyasida Qoʻmita markaziy apparati xodimlari koʻngilli tarzda ishtirok etdilar.

FUQAROGA 58 MLN SO‘M MABLAG‘ QAYTARILISHI TAʼMINLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatdagi yana bir fuqaroning muammosi hal etildi. Fuqaro G.S.Aydarova Qo‘mitaning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga quyidagi mazmunda murojaat yo‘llagan: Murojaatchi bilan “Otabek Shaxzodjon Kelajagi” MCHJ o‘rtasida 2022 yil 11 may kuni (kvartira qurib berish bo‘yicha) shartnoma tuzilgan. Fuqaro shartnoma shartlariga ko‘ra…

QO‘MITA MAS’ULLARI YEREVANDAGI XALQARO SEMINARDA

2023-yil 5-9-iyun kunlari Yerevan shahrida (Armaniston Respublikasi) “Markaziy Osiyo energetika regulyatorlari hamkorligi xizmatlari sifati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu seminar AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Markaziy Osiyoda energetika sohasida tartibga solish bo‘yicha hamkorlik loyihasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va AQSH Kommunal xizmatlarni tartibga solish bo‘yicha komissarlari milliy assotsiatsiyasi (NARUS) bilan hamkorlikda tashkil etilgan. O‘z…

MONOPOLIYAGA QARSHI KOMPLAYENSGA MAS’UL XODIMLAR MALAKASI OSHIRILMOQDA

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning majlislar zalida o‘quv-seminari tashkil etildi. “Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini samarali joriy etish – faoliyatning raqobat qonunchiligiga muvofiqligini ta’minlash garovi” mavzusida o‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad tashkilotning monopoliyaga qarshi komplayens tizimi faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan xodimlariga raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari…

YANA BIR FUQARONING MUAMMOSI HAL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatdagi yana bir fuqaroning muammosi hal etildi. Fuqaro hududiy boshqarmaga quyidagi mazmunda murojaat yo‘llagan: Zarafshon shahar 14-kichik daha hududida quriladigan B blok 9-qavatida joylashgan bir xonali, umumiy maydoni 52,11 kv.m bo‘lgan xonadonning bahosi 198 000 000 so‘m qilib belgilangan. Xaridor…